Tasavvufshunos olim, professor Najmiddin Komilov vafot edi

Image copyright none

O‘zbekistonda mashhur tasavvufshunos olim Najmiddin Komilov 73 yoshida olamdan o‘tgan.

Professor Najmiddin Komilov o‘zbek klassik adabiyoti bo‘yicha ko‘plab ilmiy risola va maqolalar muallifi edi.

Najmiddin Komilov 1999-2001 yillari Markaziy Saylov komissiyasi raisi vazifasini ham bajargan.

Asli Tojikistonning Panjikent tumanidan bo‘lgan Najmiddin Komilov janozasi juma kuni Toshkentdagi Xasti Imom masjidida o‘qilishi aytilgan.

Najmiddin Komilovning shogirdi filologiya fanlari nomzodi Abduvohid Hayit ustozi o‘limidan chuqur qayg‘uga botganini aytadi.

Abduvohid Hayitning aytishicha, marhum olim Najmiddin Komilov O‘Zbekistonda adabiyotshunoslar butun avlodini yetishtirgan, shogirlari qalbida tasavufga muhabbat uyg‘ota olgan ustoz edi.

"Domla sharq klassik, mumtoz adabiyoti bilan zamonaviylik o‘rtasida ko‘prik o‘rnata olgan inson edi", dedi Abduvohid Hayit.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Zamondosh olimlardan birining ta‘riflashicha, Najmiddin Komilov O‘zbekistonda sharq mumtoz adabiyoti durdonalarining sho‘rocha talqinlar "botqog‘ida" yo‘q bo‘lib ketishga yo‘l qo‘ymagan sanoqli olimlardan biri edi.

Najmiddin Komilovning "Do‘stlik ko‘priklari", "Bu qadimiy san‘at", "Tafakkur karvonlari" qatori tasavvufga oid kitoblari nashr etilgandi.

Domla Komilov fors mumtoz adabiyotidan ham bir necha tarjimalar qilgan.