Avstraliyalik milliarder XXI-asr Titanikini qurmoqchi

Image copyright AP
Image caption Klayv Palmer ko‘mir ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi shirkatlaridan biriga egalik qiladi

Avstraliyaning eng boy odamlaridan biri, Klayv Palmer, Xitoy davlat shirkatiga Titanikning zamonaviy modelini qurishga topshiriq berdi.

Milliarderning Avstraliya matbuotiga ma‘lum qilishicha, XXI-asr Titanikini barpo etish ishlari kelgusi yil oxirida boshlanadi.

Qurilish loyihasiga muvofiq, Titanik 2016 yilda ishga tushishi kerak.

"Yangi kema, sirtdan qaralganda yuz yil muqaddam Tinch okeaniga cho‘kkan Titanikning xuddi o‘zi bo‘lsa-da, zamonaviy texnologiya bilan jihozlanadi," - deya qo‘shimcha qildi Klayv Palmer.

Janob Palmerning ma‘lum qilishicha, u kemani qurish bo‘yicha CSC Jinling Shipyard nomli Xitoy davlat shirkati bilan kelishuv izmolagan.

Yangi kemani qurish haqida Titanik kemasi cho‘kkaniga 100 yil to‘lishidan bor yo‘g‘i bir necha hafta o‘tib e‘lon qilingan.

O‘z zamonasining eng yirik kemasi bo‘lgan Titanik Britaniyaning Sausxempton portidan Nyu-York yo‘lga chiqishidan ko‘p o‘tmay, 1012 yilning 15-aprelida muz tog‘iga urilib, ummonga g‘arq bo‘lgandi. Kema cho‘kishi oqibatida bir yarim mingdan ko‘proq odam halok bo‘ldi.

"Agar teshigi bo‘lsa, albatta cho‘kib ketadi", - dedi janob Palmer "yangi kema cho‘kishi mumkinmi?" degan savolga javob berarkan.

Yangi kemani qurish uchun qancha mablag‘ ketishi ma‘lum emas, dedi janob Palmerning matbuot kotibi.

Xitoy bilan kuchli tijoriy aloqalarga ega bo‘lgan avstraliyalik milliarder so‘nggi yillarda turizm sohasiga ham sarmoya yotqiza boshlagan.