Tojikiston: "Ayollarga qarshi zo‘ravonlik og‘riqli mavzuligicha qolmoqda"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Tojikistonda ayollarga qarshi maishiy zo‘ravonlik hollari yil sayin ortib borayotgani aytiladi. Faollarga ko‘ra, ayollar ko‘p hollarda o‘z erlari, erning oila a‘zolari tomonidan ruhiy, jismoniy, ayrim holatlarda esa, jinsiy zo‘ravonlikka duch kelishadi. Sug‘d viloyatida faoliyat olib boruvchi "Gulruxsor" inqiroz markazi mas‘ullariga ko‘ra, zo‘ravonlik haqida ochiq gapira boshlangani bois ham mazkur muammo ko‘zga yaqqolroq ko‘rina boshlangan. Ammo, ular nafaqat Tojikiston balki butun Markaziy Osiyo bo‘ylab zo‘ravonlik jabrdiydalariga ko‘mak ko‘rsatuvchi markazlar yetishmasligini urg‘ulaydilar. Tojikistonga safar qilgan Gulsevar Zamon mavzuni o‘rgangan