BBC navigation

Kremlga muxolif saytlar xakerlar hujumiga uchradi

Сўнгги янгиланиш 7 май 2012 - 11:20 GMT

Rossiya shaharlari bo‘ylab Putinning prezidentlikka qaytishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Rossiyada Kremlga muxolif guruhlarga minbar berib kelayotgan qator ommaviy axborot vositalari internet saytlari xakerlar hujumiga uchragan. Bu kabi muammolar haqida "Exo Moskvy" radiostantsiyasi, "Kommersant" nashriyot uyi, "Dojd" telekanali va Slon.ru portali ma‘lum qilishdi.

"Exo Moskvy" radiostantsiyasi bosh muxarririning muovini Vladimir Varfolomeyev "DDoS-hujumlar tufayli" sayt faoliyati ishdan chiqqanini bildirdi.

"Kommersant'" gazetasi sahifasida "IT mutaxassilari hozirda xakerlar hujumlariga dosh berayotgani va ayni damda kommersant.ru saytiga kirish mumkinligi yozilgan.

Xakerlar hujumlari haqida "Dojd" telekanali va Slon.ru sayti ham xabar berdi.

"Slon.ru uxladi", - deb yozdi o‘zining Twitterdagi mikroblogida Slon.runing bosh muxarriri Tonya Samsonova.

"Dojd" mikroblogida esa tvrain.ru, slon va Exo Moskvy saytlari ishlamayapti, aftidan bu DDoS", - deb yozilgan.

Anonymous xakerlar harakatining Rossiyadagi qanoti vakillari bu hujumlarga aloqalari yo‘qligini aytishgan va unda Kremlparast yoshlar tashkilotlarini ayblashgan.

Xakerlik hujumiga uchragan saytlar Rossiya parlament va prezident saylovlari chog‘ida aksil-hukumat va aksil-Putin maqolalar bilan chiqqan va muxolifat chiqishlariga yo‘l ochib berishgan.

Lekin, Putinparast "Nashi" yoshlar harakati saytlarga hujum qilmaganini bildirdi.

Yaqinda Anonymous xakerlari Rossiya hukumat idoralari saytlariga qarshi xakerlik hujumlarini amalga oshirishga tayyorlanishayotganini aytib chiqishgandi.

Anonymous bu bilan Rossiyadagi norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlash istagida ekanini aytgan.

Ayni damda Moskva va boshqa katta shaharlarda Vladimir Putinning inauguratsiyasi arafasida "Millionlar marshi" nomi ostida qator norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.