Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha taniqli olim Ahmad Xorazmiyga savol bering

Image copyright none

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida uzoq yillar xizmat qilgan Ahmad Xorazmiyga savol yo‘llang.

Ahmad Xorazmiy O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi muammolar, yerlar unumdorligiga putur yetgani, kimyoviy o‘g‘itlardan haddan ortiq foydalanishning oqibatlari yuzasidan xavotirlar bilan chiqqan.

Olim ayni sohada qator ilmiy maqolalar yozgan. Bundan tashqari u yana boshqa yo‘nalishlardagi qator risolalar va maqolalar muallifi ham.

Ahmad hoji Hasan o‘g‘li Xorazmiy 1948 yilda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida oddiy dehqon oilasida tug‘ilgan. U o‘z mehnat faoliyatini 13 yoshida kolxozchilikdan boshlaganini aytadi.

Ahmad Xorazmiy 1966 yilda o‘rta maktabni, 1972 yilda Toshkent Davlat Universitetini "Agroximiya va tuproqshunoslik" mutaxasissi bo‘yicha bitirgan. Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.

1972-1980 yillar u O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika Institutida ilmiy xodim, 1981-1984 yillarda Mozambik mamlakatida injener-agrokimyogar bo‘lib ishlagan.

Xorazmiy savxoz direktori, universitet professori, O‘zbekiston paxtachilik instituti Xorazm filiali direktori sifatida ham faoliyat olib borgan.

Ahmad Xorazmiy 1998-2002 yillar davomida professional faoliyati sabab ishsiz qolganini aytadi.

2002-2004 yillarda esa, u Toshkent Davlat Agrar universiteti professori bo‘lib ishlagan.

Olim 2005 yil London Universiteti tomonidan tashkil qilingan "Jahon paxtachiligi muammolari" xalqaro ilmiy anjumanida "Paxtachilikda qo‘llaniladigan agroximikatlarning ekologik muammolari" mavzusida ma‘ruza qilgan.

Ahmad Xorazmiy hozirda oilasi bilan Angliyaning Stokport shahrida istiqomat qiladi.

BBC mehmoniga savollaringizni quyidagi maxsus forma orqali bbcuzbek.com ga yo‘llang