Afg‘onistondagi portlashda odamlar o‘lgan

Image caption Afg‘onistonning ko‘p hududlari hamon notinchligicha qolmoqda

Afg‘onistonning Farah viloyatida mahalliy hokimiyat binosiga hujum natijasida yetti kishi o‘ldirilgan.

Mahalliy politsiyaga ko‘ra, kamida olti xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan, 13 kishi yaralangan.

Hujum qilganlar politsiya kiyimida bo‘lganlar.

Hudkush hujumchilardan biri bino eshigi oldida o‘zini portlatgan.

Yana uchtasi bino ichkarisiga kirishga muvaffaq bo‘lgan, ular politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.

Keyingi kunlarda Afg‘onistonning bir qancha joylarida portlashlar sodir etilgan.

Yakshanba kuni sobiqda Tolibon vazirlaridan biri bo‘lgan va keyinchalik tinchlik muzokarachisiga aylangan Arsala Rahmoniy Kobulda ishga ketayotgan mahal otib ketilgandi.

Bu esa, Prezident Karzayning milliy yarashuv borasidagi umidlariga kuchli zarba sifatida talqin etilmoqda.

NATO kuchlari 2014 yilga qadar xavfsizlik mas‘uliyatini to‘la afg‘onlarga topshirishlari rejalangan.