Afg‘oniston: Zilzilada 80 kishi o‘lgan

Image caption Afg‘onistonda zilzilalar tez-tez ro‘y berib turadi

Shimoliy Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila natijasida Bag‘lon viloyatida tog‘ning bir qismi qulab tushgan.

Rasmiylarga ko‘ra, pastdagi qishloqning 23 xonadoni qulab tushgan tog‘ ostida qolgan.

Hozir buldozerlar bilan jasadlar izlanmoqda. Mahalliy mulozimlari tirik qolganlar borligiga umid qilishmayotganini aytishadi.

Dushanba kuni ro‘y bergan yer qimirlashi kuchi 5.4 ball deb aytilmoqda.

Tabiiy ofat ro‘y bergan Hindikush tog‘lari etagidagi Borka tumani juda ovloq.

Shu bois u yerlardan biron xabarning tashqariga chiqishi va yo qutqaruvchilarning yetib borishi oson emas.