BBC navigation

Moskvada Eron yadroviy dasturiga oid muzokaralar boshlandi

Сўнгги янгиланиш 18 июн 2012 - 14:32 GMT

Mutaxassislar Moskva muzokaracida biror bir ijobiy natijaga erishilmasligiga ishonishadi

Dushanba kuni Moskvada Eron yadroviy dasturi yuzasidan ikki kunlik yopiq muzokaralar boshlangan.

Diplomatlar muzokaralardan qandaydir natijalarga umid qilishmoqda, ammo mutaxassislar uchrashuv biror bir jo‘yali samara berishiga ishonmasliklarini aytishadi.

Tehronning atomiy dasturi yuzasidan muzokaralarda - Amerika, Britaniya, Xitoy, Rossiya, Fransa va Olmoniya ishtirok etmoqda.

G‘arb doim Eronni atomiy qurolga ega bo‘lish harakatida deb shubhalanadi. Tehron esa doimo bu shubhalarni rad etadi.

Yirik davlatlar avvalgi uch talablarini yana takrorlashlari ehtimoli haqiqatga yaqinroqdir, deb xabar qiladi Moskvadagi BBC muxbiri.

Unga ko‘ra, ular Eron yuranni to‘yintirishni 20% qilib cheklashi, qolgan 20% to‘yintirilgan yuranni eksport qilishi va nihoyat Qum yaqinidagi inshootini yopib tashlashini istaydi.

Buning evaziga, olti davlat vakillari Eronga atomiy xavfsizlikka doir amallarda yordam taklif etmoqda.

Ammo BBC muxbiriga ko‘ra, bu Eron uchun etarli emas.

Tehron g‘arb o‘ziga o‘rnatgan jazo choralarini, bular qatorida Ovro‘po Ittifoqining neft savdosiga qo‘ygan embargosi va Amerikaning Eron Markaziy Bankiga qarshi choralari bekor qilinishini istaydi.

Shuningdek, Eron yuranni to‘yintirish yo‘lida o‘zining haqi shartsiz ekani va buni boshqalar tan olishini hohlaydi.

BMTning Atom dasturlari bo‘yicha nazorat tashkiloti Erondagi bir necha inshootni tekshirishga harakat qilmoqda.

Ammo, tashkilot raisiga ko‘ra, shu oy boshlarida bu masalada Venadagi muzokaralarda biror bir ilgarilash bo‘lmagan va bu hafsalani pir qiladigan holatdir.

O‘tgan yil noyabr oyida bu tashkilot Eronda atomiy qurol yaratilishiga aloqador tadqiqotlar o‘tkazilganini da‘vo qilgandi.

Eron o‘z atomiy dasturining harbiy tomoni yo‘qligini urg‘ulab keladi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.