So‘z Sizga

Abramovning iste‘fosi O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yiniga qanday ta‘sir qilishi mumkin?

Kuni-kecha Eronga so‘nggi mag‘lubiyati ortidan, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Mirjalol Qosimov Bosh murabbiy etib tayinlandi. 2014 yilgi Jahon chempionati so‘nggi bosqich saralash bellashuvlarining dastlabki uchrashuviga qadar jamoaga boshchilik qilgan Vadim Abramov iste‘foga chiqarildi.

Ayni o‘rinda shuni alohida ta‘kidlash kerakki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi aynan Vadim Abramov boshchiligida o‘z tarixida ilk bor Osiyo Kubogining yarim finaliga chiqqan. To‘rt karra Osiyo chempioni, qit‘aning eng kuchli jamoasi Yaponiyani o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchratgan. Mirjalol Qosimov esa, milliy terma jamoa bosh murabbiyligini Vadim Abramovga topshirgan 2010 yildan buyon Toshkentning "Bunyodkor" klubiga boshchilik qilib kelayotgandi. O‘zbekistonning amaldagi chempioni bo‘lgan jamoa shu kunlarda Osiyo chempionlar ligasining chorak finaliga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Osiyo qit‘asidan so‘nggi saralash bosqich bellashuvlarida O‘zbekiston hali yana Janubiy Koreya, Qatar va Livanga qarshi to‘p surishi kerak bo‘ladi.

Sizning fikringiz:

Sizningcha, aynan shu bosqichda Vadim Abramovning iste‘foga chiqishi O‘zbekiston milliy terma jamoasining bo‘lajak o‘yinlariga qanday ta‘sir qiladi? O‘zbekiston milliy terma jamoasiga 2014 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish nasib etadi, deb o‘ylaysizmi? Bildirgan fikrlaringiz uchun avvaldan minnatdorchiligimizni izhor etib qolamiz.