Nima uchun Qirg‘iziston aholisi mintaqada eng baxtli?

Image copyright b
Image caption "The Happy Planet Index" hisobotiga ko‘ra, Qirg‘iziston aholisi mintaqada baxtlilik bo‘yicha eng yuqori o‘rinda.

Jahon mamlakatlari farovonligi darajasini o‘rganuvchi "The Happy Planet Index" uchinchi bor baxtlilik indeksini chop etdi.

Ushbu hisobot mualliflariga ko‘ra, jadvalda qaysi mamlakat o‘z aholisi uchun uzoq, baxtli va atrof muhitga iloji boricha kamroq zarar yetkazuvchi yo‘sinda hayot kechirish imkonini ne qadar yaratayotgani o‘lchamlari keltirilgan.

Bu galgi jadvalda 151 mamlakatdan yig‘ilgan ma‘lumotlar muqoyasa qilingan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida bu yilgi jadvalda "baxtlilik" bo‘yicha eng yuqori o‘rinda, Qirg‘isziston. 151 mamlakat orasida Qirg‘isziston baxtlilik bo‘yicha 38 mavqega chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Tojikiston 43- o‘rinda, O‘zbekiston 54-, Turkmaniston 95- va iqtisodiy jihatdan mintaqada eng farvon bo‘lgan Qozog‘iston aholisi baxtlilik jihatidan mintaqada eng pastda, ya‘ni umumiy jadvalda 119 o‘rinda.

Sal pastroqda esa, 122- o‘rinda Rossiya.

"The Happy Planet Index"ning to‘liq jadvali bilan bu yerda tanishing.

Hisobotda shuningdek, baxtlilik darajasi oxirgi yillar mobaynida salmoqli darajada oshgan va tushib ketgan davlatlar ham alohida sanab o‘tilgan.

Salvador, Slovakiya, Chili, Braziliya va Olmoniya aholisining "baxtliligi" darajasi 2007-2010 yillar oralig‘ida oshgan.

Marokash, Ispnaniya, Yunoniston, Tunis, Misr va Xitoyda esa o‘zini baxtiyor his etuvchilar soni kamaygan ko‘rinadi.

Baxtlilik jadvalining eng pastki o‘rinlarini Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Qatar, Chad va Botsvana egallaganlar.