Hindistonda kuchli suv toshqini oqibatida insonlar halok bo‘lgan

Image copyright Reuters
Image caption Suv toshqini oqibatida minglab odamlar boshpanasiz qolishgan

Hindistonning Assam viloyatida kuchli yomg‘ir keltirib chiqargan suv toshqini natijasida kamida 27 kishi halok bo‘lgan.

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, 1,5 mingga yaqin aholi turar-joylari suv ostida qolib ketgan.

Assam viloyati qishloq xo‘jaligi vaziri Nilamoni Dekaning Assosheyted Press agentligiga aytishicha, qariiyb 900,000 ta kishi boshpanasiz qolgan.

Uysiz qolganlar baland tepaliklarga chiqib jon saqlashgan.

Kuchli jala Hindistonning shimoli-sharqida ikki haftadan buyon davom etmoqda.

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, bu hodisa 1998 yildan buyon sodir bo‘lgan eng kuchli suv toshqinidir.

Qo‘shni Bangladeshda ham kuchli jala va suv toshqini oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘lgani aytilgan.