Britaniyaning eng taniqli va yirik banklaridan bo‘lgan Barclaysning boshiga qanday g‘avg‘o tushdi?

Image copyright Reuters

Britaniyadagi eng yirik banklardan biri Barclays boshqaruvchi direktori Bob Daymond iste‘foga chiqqan.

U o‘z nazorati ostidagi bank kredit foizlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalangani borasidagi ayblovlar ortidan keskin tanqidlar ortida qolgandi.

Barclays banki qarz foizlarini noqonuniy ravishda o‘zgartirgani uchun 450 million dollarlik jarimaga ham tortilgan.

Bob Daymondning iste‘fosi banklarni ko‘proq javobgarlikka tortish borasida siyosiy bosimlar kuchayishi va global joriy moliyaviy inqirozda moliya tashkilotlarining tutugna o‘rni borasida xavotirlar yangarshi ortidan kuzatilmoqda.

Britaniyaning eng taniqli va yirik banklaridan bo‘lgan Barclays muammosining mag‘zi nimada?

Tasavvur qiling bozorda pul almashtirmoqchisiz. Deylik Rossiyaga borish uchun rubl olmoqchisiz, yoda dollaringizni sotib so‘m olmoqchisiz.

Bozorda "dollar olaman, rossiyskiy bor" degan valyutachilar, ya‘ni sarroflar talaygina. Lekin sizga o‘xshagan pul alishtirish ehtiyoji bo‘lganlar ko‘payib ketsa, ularning qo‘lidagi naqd puli kun davomida tugab qolishi extimoli ham bor.

Mijozlarga "pul yo‘q" deb ortga qaytarishdan ko‘ra, ular boshqa bir sarrofdan naqd pul olib turishlari mumkin.

Qo‘lida naqd puli ko‘proq bo‘lgan sarrof uchun bu juda foydali amal, chunki u qarzga berib turgan puli uchun ustama haq oladi.

Odatda bank tizimida bu haqni belgilash o‘zaro ishonch va taxmin asosida yuz beradi.

Ya‘ni qarz so‘ragan odam, yoda bank ne qadar ishonchli? Olgan qarzini qaytarish va ustiga foyda foizi berish uchun qurbi yetadimi?

Agarda qarz oluvchi moliyaviy jihatdan ishonchli, degan obro‘ga ega bo‘lsayu, aslida cho‘ntagida bir miri yo‘q bo‘lsa, o‘z tijoriy hamkorini adashtirgan, deya hisoblanadi.

Huddi ana shunday ta‘bir joiz bo‘lsa aldamchilik hozirgi bank mojarosi markazidadir.

Bozordagi sarroflar singari, xalqaro yirik banklar naqd puldan kamchiliklari bo‘lsa, yoda ortiqcha naqd pulga ega bo‘lgan vaqtlari bundan foyda ko‘rib qolish maqsadida bir-birlariga qarz berib turadilar.

Bu kabi oldi-berdida banklar tomonidan to‘lanadigan ustama haqqi London Banklararo Foyda Foizi, deya yuritiladi.

Ya‘ni bu ko‘rsatkich, raqib banklar bir-birlaridan pul olgan vaqtlari ustiga qancha foyda foizi berishlari kerakligini belgilaydi.

Xozirda Barklays banki moliyaviy jihatdan ahvoli yomon ekanligini qarz olgan vaqti ustama haqqi past bo‘lganligini ko‘rsatish orqali yashirmoqchi bo‘lganlikda ayblanmoqda. Barclays olgan qarzlari uchun ustama haqqi past qilib belgilangani haqida noto‘g‘ri ma‘lumot berib, hammani chalg‘itgan.

Bozordagi oldi-berdidan farqli o‘laroq, banklararo pul savdosida foyda foizi ko‘satkichi o‘ta muhim hisoblanadi, chunki bankning ne qadar molyaviy jihatdan ishonchli ekanligining dalili sifatida ko‘riladi.

Bu foyda ko‘rsatkichi xalqaro moliya bozorlarida asosiy o‘lchov me‘yori sifatida ko‘rilib, trillionlab dollarlarda pul o‘tkazmalari shu asosda o‘tkaziladi.