Turkiyaning urib tushirilgan uchuvchilari topilgan

Image caption Leytenant Hasan Husayn Oqso‘y topilgan ikki uchuvchidan biridir.

Suriya harbiylari o‘tgan oy urib tushirgan Turkiya qiruvchi uchog‘i uchuvchilarining jasadlari topilgan.

Turkiyaning TRT telekanali ikki harbiy uchuvchining jasadlarini AQShning dengizosti qidiruv kemasi O‘rta Yer dengizining sharqiy qismida topganini e‘lon qilgan.

F-4 Fantom uchog‘i 22 iyunda urib tushirilgandi. Rasmiy Damashq uchoq Suriyaning havo hududiga yorib kirganini da‘vo qilganlar, biroq Turkiya buni rad qilgan.

Suriya Prezidenti Bashar al-Assad voqea yuz berganidan taassuf izhor qilgan.

Turkiya armiyasi uchuvchilar ismlari Kapitan Go‘kxon Ertan va Leytenant Hasan Husayn Oqso‘y ekanini oshkor qildi.

Armiyaning o‘zi jasadlar aynan qayerda topilganini aytmagan, hamda qiruvchi uchoqning o‘zi hali topilmaganini bildirgan.

Turkiya bosh vazirining muovini 26 iyunda qidiruv ishlarini olib borayotgan uchoq ham o‘qqa tutilganini, biroq urib tushirilmaganini da‘vo qilgan.

Mazkur hodisalar ikki mamlakat o‘rtasidagi tang aloqalarni yanada sovuqlashtirgan.