Pokiston: norozilik yurishi qatnashchilari Islomobodga yetib borganlar

40 dan ortiq siyosiy va diniy partiyalarning minglab a‘zolari Pokiston hukumatining Amerika va NATO kuchlariga o‘z yuklarini olib o‘tishga ruxsat berganiga qarshi poytaxt Islomobodga tomon Lahordan boshlangan yurishlarini davom ettirganlar.

Avtomobillardan iborat kolonnalar yurishi bir kun oldin boshlangan edi.

Namoyishchilar Pokiston poytaxtiga qadar qariyb kilometrlik masofani bosib o‘tib, Islomobodda ommaviy namoyish o‘tkazishni maqsad qilganlar.

Namoyishdan so‘ng parlament binosi oldida norozilik aktsiyasi o‘tkazilishi ma‘lum qilingan.

10 iyul kuni minglab, balki o‘n minglab namoyishchilarning Islomobodga yetib kelganlari xabar qilingan.

Namoyishchilarga ko‘ra, ular shu yo‘l bilan Amerikaga nisbatan nafratlarini bildirishmoqda.

Hukumatning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Rahmon Malikka ko‘ra, taqiqlangan guruhlar a‘zolariga namoyishda qatnashishlariga ruxsat berilmasligi kerak.

Bu yurishda 200 tacha avtomobil qatnashayotgani xabar qilingan.

Ko‘p namoyishchilar avtobuslarning tomlariga chiqib olishgan, partiyalar bayroqlarini ko‘tarib olgan odamlar Amerika va NATOga qarshi shiorlarni aytib qichqirishgan.

Namoyishchilar orasida Pokistonda taqiqlangan "Lashkari-Toyiba" guruhi asoschisi Hafiz Said, Pokiston sobiq istihborot xizmati rahbari Hamid Gul va Pokistondagi qudratli diniy partiya - "Jamoati Islomiy"ning Said Munavvar Hasan bo‘lgan.