O‘z bolasini o‘ldirmoqchi bo‘lgan rossiyalik ayol qamalgan

Image caption Go‘dak avtomobillar tez qatnaydigan Dmitrovskoye shossesiga tashlab ketilgan.

Podmoskoveda aka va singil Osinalar go‘dak bolani o‘ldirishda qasd qilganlikda aybdor topilib, uzoq yillik qamoq jazolariga hukm qilingan.

O‘z bolasidan qutilmoqchi bo‘lgan Yelena Osina akasi bilan birga Dmitrovskiy shossesining qatnov qismiga yo‘rgakka o‘ralgan chaqaloqni qo‘yib ketadi.

Bolani mashina bosib ketishini umid qilgan aka-ukalarning maqsadlari xayriyatki amalga oshmagan.

Baxtli tasodif tufayli mashina boshqarib ketayotgan ayol yo‘l ustida yo‘rgakka o‘ralgan bolani ko‘rib qolgan.

O‘z vaqtida mashinani to‘xtatgan haydovchi ayol zudlik bilan politsiyaga xabar bergan.

Oradan bir necha soat o‘tib, bolaning onasi va uning akasi qo‘lga olingan.

Tergov jarayonida 24 yoshli Yelena Osina va akasi Aleksandr qotillikka uringanlarini tan olishgan.

Yelena Osina jinoyat kodeksining "shaxslar guruhi orqali til biriktirib go‘dak bolani o‘ldirishga qasd qilganlik" bandi bo‘yicha aybdor deb topilib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilindi, u jazoni umumiy tartibdagi qamoqxonada o‘taydi.

Akasi Aleksandr Osin 9 yillik qamoq muddatini qattiq tartibdagi koloniyada o‘tkazishga hukm qilingan.

Bir o‘limdan tirik qolgan bola boshqa oila tarbiyasiga topshirilgan.