Mali Islomchilari nega sufiy maqbaralarini buzishmoqda?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Malida Islomiy jangarilar Sufiylarning masjid, maqbara va qadamjolarini vayron qilishmoqda.

Aksariyat Mali musulmonlari sufiylik tariqatiga e‘tiqod qiladilar. Lekin radikal islomchilar fikricha, sufiylik - xato yo‘l.

Malida tobora mavqei oshayotgan o‘ta an‘anador Vahobiylar ham Islomiy jangarilar harakatlarini qoralashayotir.

Lekin qudratga intilayotgan siyosiy Islomiy kuchlar na xalqaro bosimlarga bo‘yin egishmoqda va yo na an‘anador diniy olimlarga quloq solishmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, shu asno Mali musulmonlari orasida bo‘linish yuz berayotir va bu jamiyatni nizolarga yetaklashi mumkin.

Shuningdek, Islomiy me‘morchilik va madaniyat obidalari bo‘lmish Timbuktu masjidi va sufiy maqbaralari taqdiri ham xavf ostida qolayotir.