Afrikada ulkan suv osti dengizi topilgan

Image caption Yangi suv zahirasi suvga muhtoj Afrika xalqlarining hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkin

Geologlar Namibiya davlati hududida ulkan suv zahiralarini topganlarini ma‘lum qilishgan.

Bu yirik suv zahirasi Afrikaning eng quruq, qirg‘oqchil mintaqasi rivojlanishiga mislsiz yordam ko‘rsatishi mumkin.

Dastlabki hisob-kitoblarga binoan, yer osti dengizi mamlakat shimolini kamida 400 yil davomida suv bilan ta‘minlash imkoniga ega.

Namibiyada Atlantika qirg‘oqlaridan tashqari biror-bir yirik suv ombori, daryolar yo‘qligi bois aholi suvsizlikdan qiynalib keladi, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanish juda ham chegaralangan.

Olimlarning fikricha, yangi topilgan yer osti dengizi mamlakat qishloq xo‘jaligini qaytadan shakllantirishga qodir.

Ularga ko‘ra, yerosti dengizi ekologik top-toza bo‘lishi kerak. Sababi suv o‘n minglab yillar umuman qo‘l urilmagan holda saqlangan.

Tabiatning bu mo‘‘jizasidan unumli foydalanish suvga muhtoj Afrika xalqlari hayotini o‘zgartirib yuboradi, demoqda olimlar.