O‘zbekistonlik Sakina Mamedova London Olimpiadasida ishtirok etadi

Image caption Sakina sobiq ittifoq davlatlari orasidan qatnashayotgan yagona mergan sportchi hisoblanadi

"Meni O‘zbekistonda yaxshi tanishadi, lekin Felikstouda hech kim bilmaydi", - deydi Saffolk shahrida mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan olimpiadachi mergan Sakina Mamedova.

27 yoshli toshkentlik mergan qiz sport yo‘nalishi bo‘yicha sobiq ittifoq davlatlari ichidan bir o‘zi 2012 yilgi London Yozgi o‘yinlarida qatnashadi.

Bu uning Olimpiada o‘yinlarida ilk ishtirokidir.

Sabina 7 iyuldan buyon o‘zining murabbiysi Igor Potopov bilan Felikstou merganlik klubida o‘yinlarga qizg‘in tayyorlanmoqda.

"Joylar judayam ajoyib, odamlarning munosabati do‘stona", -deydi u. "Dengiz ham yaxshi, lekin suv juda sovuqligi uchun suzmadim, mashqlar davomida qirg‘oq bo‘ylab yurdik", Sabina o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi.

"Men O‘zbekistonda osh va baliqqa o‘rganganman. Bu yerda, Bill uyida ham baliq va qovurilgan kartoshkani tatib ko‘rdim, juda mazali. Men inglizcha qovurilgan go‘sht va yorkshir pudingini ham tanovul qildim. Hammasi juda ajoyib".

Bill uyi

10metr, 20 va 50metrlik masofadan mo‘ljalga olish imkoniyatlariga ega Felikstou merganlik klubining vitse rahbari Bill Bond hisoblanadi.

"Men asli rus, hozirda Britaniya paralimpik terma jamoasida trenerlik qiladigan Vladimir Filimonovdan maktub oldim.

Biz olimpiadachi mehmonimiz kelayotganidan juda xursand bo‘ldik. Vladimir bu yerga kelib sharoitlar bilan tanishdi", - deb aytadi janob Bill.

Klub haftaning ish kunlari kechqurun va yakshanba kuni ertalab ochilishi sababli, tashkilotchilar klubning 16 a‘zosi uchun yangi ish kunlari tashkil qilib, mehmonga kerakli sharoitni yaratishga to‘g‘ri keldi.

"Siz Sabinani shunchaki kuzatib turib, maslahatlar olishingiz mumkin. Uning o‘z ishiga e‘tibori, jiddiyligi, tirishqoqligi maqtovga loyiq", - deya davom etadi Bill Bond. "Biz an‘anaviy va Olimpiada standarti o‘rtasida katta farq borligiga guvoh bo‘ldik".

Felikstou 1900 yil tashkil qilingan bo‘lsa ham, klubdagi asbob-uskunalar napoleon davriga ta‘luqli sifatlarni o‘zida aks ettiradi.

"Menga qora kukunli miltiq va to‘pponcha berishdi, men ko‘nikkandan boshqacharoq tutun chiqarsa ham , qiziq bo‘ldi.", - deydi Sakina.

Sakina Mamedova Xalqaro sport federatsiyasining 50 va 70 metrlik masofalardan otish bo‘yicha yuqori ro‘yxatiga tusholmagan bo‘lsa ham, olimpiadaning oltin medalini olishga umid qilayotganligini aytadi.

Sabina qirg‘oq bo‘yida joylashgan "Norfolk mehmonlar uyi"dagi birinchi o‘zbekistonlikdir.

Klub sohibi Daun Norkat Olmoniyadan ham mehmon qabul qilishganini, olimpiadachilar tashrifini yaxshi ko‘rishini aytadi.

"Odamlarning yuzi issiq va ajoyib, men o‘zimni xuddi uyimdagidek his qilyapman", - deydi mashg‘ulotlardan qaytgan Sabina.

"Biz ularni sog‘inamiz va ulardan yuqori natijalar kutib qolamiz" deya tilak bildiradi Daun Norkat o‘zining olimpiadachi mehmonlariga.