Tojikistonda yirik gidrokarbonlar manbai aniqlangani ne qadar haqiqatga yaqin?

Image caption Tojikiston zaminida yirik gidrokarbonlar manbai bo‘lishi mumkinligshi aytilmoqda.

Markaziy Osiyo neft va gaz bozorida tadqiqot va ishlab chiqarish tshlari bilan shug‘ullanuvchi "Tethys Petrolium Limited" shirkati Tojikistonda o‘ta yirik miqdordagi gidrokarbonlar manbasi topilgani haqida bayonot tarqatgan.

Bayonotda so‘z "super-gigant" miqyosdagi ehtimoliy manba haqida ketadi. Shuningdek, bu manbaning ne qadar qismi zaxira darajasida aniqlanishi kafolati yo‘qligi ham aytilgan.

Shu vaqtgacha energiya sohasida boshqalarga qaram bo‘lib kelgan mamlakat uchun bu bayonotning ahamiyati ne qadar va ne qadar kutilmagan?

Markaziy Osiyo neft va gaz sohasida tahlilchi Jon Robertsning BBC bilan suhbatda aytishicha, bu bayonot juda-juda muhimga o‘xshab ko‘rinmoqda.

Jon Roberts: Birinchidan gap tijoriy miqyosdagi manba haqida ketmoqda. Agarda bu manbalarni o‘ta ortiqcha harajatlarsiz qazib chiqarish imkoni bo‘lsa, energiya sohasida boshqalarga qaram bo‘lgan Tojikiston uchun bu energiya mustaqilligi va xorijga energiya eksporti imkonini anglatadi. Ana shu jihatdan bu Tojikiston uchun juda katta yangilik.

BBC: Markaziy Osiyo davlatlaridan yangi energiya zaxirlari topilgani haqida tez-tez xabarlar kelib turadi, bu yangi kashfiyot ne qadar ishonchli va asoslangan, deb o‘ylaysiz?

Jon Roberts: Gap shundaki, bu manbalarning hozirda topilgani haqida nisbatan kichik bo‘lgan "Tethys Petrolium Limited" shirkati xabar berayotgani emas, bu manbalarni AQShdagi yirik va obro‘li shirkat "Gustavson Associates" o‘rganib, baholab chiqqanidir. Ana shu jihatdan hozirda paydo bo‘lgan yangilik anchayin haqiqatga yaqindir, deb o‘ylayman. Gap o‘ta yirik gidrokarbonlar miqyosi haqida ketmoqda, lekin bu manbalar hali aniq belgilangan zaxiralar deganini anglatmaydi. Boshqacha aytganda, agarda hamma narsa ko‘zlangan yo‘lda rivojlanib, parmalash ishlari bu taxminlarni tasdiqlasa, kelgusi 2-3 yil mobaynidla anchayin aniq miqyoslar haqida gapira boshlashimiz mumkin bo‘ladi. Hozirda bir narsa aniq, qanday bo‘lmasin bu juda yirik kashfiyot.

BBC: Bayonotda "super-gigant" manba haqida so‘z ketmoqda, deylik gaz va neftga boy Turkmaniston zaxirlari bilan soshlishtirsak, Tojikistondagi manbalar ne qadar?

Jon Roberts: Keling neftdan boshlaylik, gap hozirda ehtimoliy 8. 5 milliard barrel neft manbai haqida ketmoqda. Lekin shuni nazarda tutingki, manba aniq zaxira deganini hali anglatmaydi. Bu yerda bir qator manbalar haqida gap ketayotgan bo‘lsa ham o‘ta ulkan miqyosdagi kashfiyot borasida so‘z yuritishimiz mumkin. Turkmaniston neft zaxirlari 0. 6 milliard barrel, deb aytilgan. Bu miqdorning o‘zigina Turkmansitoning o‘z ichki ehtiyojini qoplashi va bundan tashqari kuniga 100-200 barrel neftni xorijga sotish imkonini beradi. Xullas Tojikistondagi manbalarni aniqlashtirishga bir necha yil ketsa ham, bu yerda gap o‘ta yirik manbalar haqida ketmoqda.

BBC: Gap siz aytgandek hali zaxira emas, manba haqida ketmoqda ekan, bu manbalarni qazib chiqarish ne qadar imkonli ekani haqida so‘rash hali erta bo‘lsa kerak?

Jon Roberts: Ha, buni aniq bilish uchun hali yillar kerak bo‘lsa kerak. Bu haqda e‘lon qilgan "Tethys Petrolium Limited" endi yirik parmalash loyihalarini olib borish uchun moliya qidira boshlaydi. Bu loyihalar muvaffaqiyatli bo‘lgan taqdirda hali bu zaxirlarni bozorga yetkazish uchun intfrastrukturani yaratish kerak bo‘ladi. Lekin nima bo‘lmasin, Tojikistonda shu vaqtgacha noma‘lum bo‘lgan yirik manba haqida so‘z ketmoqda. Faraz qiling, agarda hozirda aytilayotgan manbaning o‘ndan bir qismi tasdiqlangan holda ham kelgusi 30 yil mobaynida kuniga 77 ming barrel neft olish imkonini anglatadi. Lekin bu manbalaraning bundan-da ko‘proq qismi tasdiqlanishi ehtimoli katta. Juda katta miqdorda gaz zaxirlari ehtimoli borligi haqida ham gap ketmoqda.