BBC navigation

Hindistonda yangi prezident saylangan kun Assamda to‘qnashuvlar ro‘y bergan

Сўнгги янгиланиш 25 июл 2012 - 13:09 GMT

Assam shtatida tez-tez etnik to‘qnashuvlar yuz berib turishi aytiladi

Hindistonda Pranab Muherji mamlakatning yangi prezidenti sifatida qasamyodga keltirilgan.

Mamlakat parlamenti tarafidan saylangan janob Mukerji Hindistonning o‘n uchinchi prezidenti bo‘lgan.

Ayni paytda, Hindistonning Assam shtatida etnik to‘qnashuvlar natijasida kamida 32 kishining halok bo‘lganini xabar qilingan.

170 mingdan ortiq kishi Ko‘krajxar va Chirang tumanlarida mahalliy xalq va bangladeshlik musulmon muhojirlar o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuv sabab uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘lishgan.

Huquqni himoya qilish xodimlariga zarur holatda o‘q ochishga buyruq berilgan.

Tartibsizliklar bo‘lib o‘tgan tumanlarda komentdantlik soati joriy etilgan.

Mahalliy politsiyaning aytishicha, vaziyat tarangligicha qolayotganiligi bois qo‘shimcha kuchlar olib kelingan.

Politsiya vakiliga ko‘ra, tartibsizliklar asosan mahalliy bodo urug‘i yashaydigan tumanda to‘rt yosh yigitning o‘ldirilishi ortidan boshlanib ketgan.

Avtomatlar bilan qurollangan kishilar voqeada aybdor hisoblab, bangladeshlik muhojirlarga hujum qilishgan.

Noma‘lum kishilar uylarga, maktab va avtomashinalarga o‘t qo‘yishgan.

Transport qatnovi to‘xtab qolgan. Mahalliy kishilar Assamga qatnaydigan yo‘lovchi poyezdlariga tosh otib, vagonlarga jiddiy zarar yetkazishgan.

Assam shtatida tez-tez etnik to‘qnashuvlar ro‘y berib turadi.

Hindiston prezidenti rasman katta huquqqa ega bo‘lsa ham, davlatni asosan bosh vazir boshqaradi.

Mahalliy politsiyaning aytishicha, Assam shtatidagi vaziyat tarangligicha qolayotganligi bois hukumat rasmiylari va qo‘shimcha kuchlar yetib kelishgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.