BBC navigation

Xizmatdoshlari o‘limida ayblangan qozoq chegarachisi ko‘rsatmasidan qaytgan

Сўнгги янгиланиш 25 июл 2012 - 16:22 GMT

Vladislav Chelax o‘z ko‘rsatmalarini ruhiy bosim ostida berganini aytgan

Qozog‘istonda 14 nafar xizmatdoshi va bir o‘rmonchining o‘limini bo‘yniga olgan chegarachi Vladislav Chelax oldin bergan ko‘rsatmalarini rad qilgan.

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi Vladislav Chelax o‘z xizmatdoshlari va o‘rmonchini o‘ldirganini tan olganini e‘lon qilgandi.

Ayblanuvchi ko‘rsatmalaridan qaytganini uning yaqinlari va himoyachisi To‘lagan Berlikjonov xabar berishgan.

"U xizmatdoshlarini o‘ldirmaganligini bildirdi", - deb aytgan Chelaxning himoyachisi.

19 yoshli chegarachining bobosi jurnalistlarga aytishicha, uning nevarasi bergan ko‘rsatmalarini to‘liq rad qilgan va "ruhiy bosim ostida jinoyatni tan olganini himoyachisiga aytgan".

May oyining oxirida "Arkankergen" chegara maskanida 14 chegarachi va o‘rmonchining jasadlari topilgan.

Ularning orasida tirik qolgani, askar Vladislav Chelax bo‘lgan.

Huquqni himoya qilish idoralari ayblanuvchi yaqinlari va himoyachisining murojaatini izohlamagan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.