Londonda Qozog‘iston milliy bayrog‘i o‘zgacha taqdim etilgan

Olimpiada o‘yinlari boshlanishi oldidan internetda yana bir mavzuda bahslar qizigan.

Londondagi talabalar tomonidan olingan suratlarda Qozog‘iston milliy bayrog‘idagi quyosh tasviri o‘rni kesib olingani aks etgan.

Boshqa davlat bayroqlari asl holicha bo‘lgan.

Muallifga ko‘ra, surat Parliament squareda tushirilgan.

Parlament binosi oldida Olimpiada ishtirokchilari bo‘lgan barcha davlatlarning, jumladan Qozog‘iston bayrog‘ining ham yog‘ochga ishlangan nusxasi qo‘yilgan.

Bundan oldinroq, XXX Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi Qozog‘iston va Ukrainani "Rossiya hududlari", deb atagan.

Shuningdek, tashkiliy qo‘mita saytida rossiyalik sportchilar haqidagi ma‘lumotlarda ularni Rossiyada mavjud bo‘lmagan joyda tug‘ilgan, deb ko‘rsatilgani ma‘lum bo‘lgan.

Qozog‘iston Tashqi Ishlar vazirligi yo‘l qo‘yilgan kamchilik haqida rasman izoh bermagan.