BBC navigation

Bashar al-Assad: "Millat taqdiri xavf ostida"

Сўнгги янгиланиш 1 август 2012 - 15:06 GMT

Bashar al-Assad o‘z askarlarini "qahramonlar", deb atagan

Suriya prezidenti ikki hafta davomida omma oldida ko‘rinish bermagan. Qurolli kuchlar kuni munosabati bilan qilingan murojaatida askarlarining "qurollangan terroristik guruhlar"ga qarshi harakatlarini yuqori baholagan va ularni "qahramonlar", deb atagan.

Prezident Assad o‘zining yozma murojaatida "Xalqimizning va mamlakatimizning o‘tmishi, hoziri va kelajagi ayni paytdagi janglarga bog‘liq", - deb aytgan.

Jangarilar va hukumat kuchlari o‘rtasidagi hozirgi to‘qnashuvlar millat kelajagini hal qiladi, deb ogohlantirgan Bashar al-Assad.

Keyingi haftalarda Damashq va Aleppo shaharlari shiddatli ko‘cha janglariga guvoh bo‘lgan.

Faollarga ko‘ra, o‘tgan yilning mart oyidan buyon qariiyb 20000ga yaqin kishi halok bo‘lgan.

Oxirgi xabarlarga qaraganda, to‘qnashuvlar birinchi bor Damashqning Eski shahridagi ikki xristian aholi yashaydigan tumanlari atrofida bo‘lib o‘tgan.

Suriya Davlat televideniyesi hukumat kuchlari isyonchilarga qattiq zarba bergani va ularni shahardan siqib chiqarayotganini ma‘lum qilgan.

Biroq faollar isyonchilar hali ham shaharning katta qismida nazoratni saqlab qolayotganini aytishmoqda.

Isyonchilar vakili tashqaridan katta miqdorda yordam olganliklarini rad etgan.

Amnesti Interneshnel huquqbonlari hukumatparast shabiha guruhini insoniyatga qarshi jinoyat sodir qilganlikda, ayollar va bolalar doxil tinch fuqarolarni o‘ldirganlikda ayblashgan.

Ular BMT Xavfsizlik Kengashidan Suriya hukumatini Xalqaro mahkamaga tortish va mamlakatga qurol-yarog‘ yetkazilishiga embargo qo‘yishni so‘rashgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.