Xitoyda soxta dori tayyorlovchilar qo‘lga olingan

Image copyright Getty
Image caption Soxta dorilar orasida saraton , qandli diabet, gipertoniya va teri xastaliklariklarida qo‘llaniladiganlari bo‘lgan

Xitoy politsiyasi soxta dorilarni tayyorlash va sotishga aloqadorlikda gumon qilingan 2000 kishini hibsga olgan.

Politsiya o‘tkazgan amaliyot natijasida qariiyb 180 million dollarlik dorilar musodara etilgan.

Soxta dorilar orasida saraton, qandli diabet, gipertoniya va teri xastaliklariklarida ishlatiladiganlari bo‘lgan.

Butun mamlakat bo‘ylab bunday amaliyotlar 25 iyulda Jamoat xavfsizligi vazirligi tomonidan boshlangan.

Rasmiylarning aytishicha, hibslarga qaramasdan mamlakatda keng tarqalgan "soxta dorilar tayyorlash" muammosini qisqa fursatda hal qilish mumkin emas.

Jinoyatchilar yangi usullarni o‘ylab chiqarishlari mumkin.

Politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, amaliyot davomida oziq-ovqat va dorilar tayyorlashda taqiqlangan moddalar ham qo‘lga olingan.

Jamoat Xavfsizligi vazirligi murojaatida aholini dori-darmonlarni faqat kasalxonalar va ishonchli dorixonalardan sotib olish so‘ralgan.

Xitoy hukumati soxta dori tayyorlovchi guruhlar haqidagi ma‘lumotlar uchun mukofot va‘da qilgan.