Suriya bosh vaziri mamlakatdan qochgan

Image copyright Reuters
Image caption Riyod Hijob Suriyadagi mojarolar boshlanganidan buyon mamlakatni tark qilgan eng yuqori lavozimli mulozimdir

Suriyadagi vaziyat mushkulligicha qolar ekan, oxirgi xabarlarga ko‘ra, mamlakat Bosh vaziri Riyod Hijob hukumat tarkibini tark etgan va hozirda Iordaniyada hududida, deb aytilgandi.

Ammo keyinchalik Iordaniya hukumati bu xabarni rad kilgan.

Riyod Hijob atigi ikki oy avval Bosh vazir etib tayinlangandi va o‘tgan yili mart oyida boshlangan keng ko‘lamli isyonlardan beri hukumat tarkibini tark etayotgan eng yuqori lavozimli rasmiydir.

Aytilishicha, uning oila a‘zolari ham u bilan birga Suriyadan chiqib ketishgan.

Shuningdek tasdiklanmagan xabarlarga ko‘ra Suriya hukumatining yana ikki vaziri mamlakatdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan, ammo uchinchi - Moliya Vaziri Muhammad Jalilati, qochishga uringan chog‘i hibsga olingan.

Qo‘zg‘olonlar paytida 30 suriyalik ofitserning oilasi bilan Turkiyaga qochib o‘tgani xabar qilingandi.

Riyod Hijob Suriya sharqidagi sunniy musulmonlaridandir.

Riyod Hijob Suriya hukumatidan qochgan birinchi davlat vaziri ekani xabar qilinadi.

Iordaniyadagi BBC muxbiriga kura, Riyod Hijobning Suriyadan qochib chiqishi Assad rejimi ichida qanchalar kuchli sarosima boshlanganini ko‘rsatadi.

Bir oy muqaddam, Prezident Assadga yaqin deya ko‘rilgan general Navaf Fares ham Suriyadan qochib chiqqandi.

Bosh vazirnining ishdan olingani xaqidagi xabar Suriya Televideniyesi orqali xabar qilingan, ammo uning nima uchun vazifasidan chetlatilgani borasida izoh berilmagan.

Riyod Hijobning o‘rniga Omar Galavanjiy xukumat boshlig‘i etib tayinlangan.

Bir necha soat muqaddam Suriya davlat televideniyesi Damashqdagi televideniye va radio binosining uchinchi qavati portlatilganini xabar bergan.

Televideniye va radio dasturlarida uzilish bo‘lmagan esa-da, ko‘rsatuvlarda tasvirlar bir muddat xiralashgan va ovoz yo‘qolgan.

Televideniye binosi ichidan turib gapirgan Suriya Axborot Vaziri, televideniyening bir necha xodimi yaralanganini aytgan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, mazkur portlashda kamida uch inson yaralangan.

Muxolifat faollari va qurolli isyonchilar, davlat matbuoti haliyam rejimga xizmat qilayotganini aytishadi.

Davlat televideniyesining Suriyaning boshqa shaharlaridagi binolariga xam hujumlar sodir etilgan. Ulardan eng so‘nggisida Aleppo(Halab) shahridagi televideniye binosi nishonga olingandi.