Afg‘oniston: Bomba hujumi tinch fuqarolarni nobud qilgan

Image copyright Reuters
Image caption Hodisada kamida 8 nafar tinch fuqaro qurbon bo‘lgan

Mahalliy vaqt bilan tong sahar 5.00 atrofida uzoqdan boshqariluvchi bombaga duch kelgan kichik yo‘lovchi avtobus portlaydi.

Afg‘oniston poytaxti yaqinidagi Pag‘monda uyushtirilgan bu hujum aslida ishga ketayotgan Afg‘oniston armiyasi askarlarini nishonga olgan.

Lekin harbiylar o‘tirgan avtobus biroz oldin o‘tib ketadi va ortidan kelayotgan oddiy yo‘lovchi mikrobusi jabr ko‘radi.

Bombani o‘rnatishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingani aytilmoqda. Haligacha biron guruhi mas‘uliyatni o‘z bo‘yniga olmadi.

Tolibon ham xudkushlik hujumlari bilan birga yo‘l chetida bomba va yo mina o‘rnatish usullarini qo‘llab keladi.

O‘tgan yillar davomida xavfsizlik kuchlari ayni mintaqada ko‘plab qurol-aslahalarni qo‘lga tushirishgandi.

So‘nggi oylari esa butun mamlakat bo‘ylab isyonkorlik hujumlari va zo‘ravonlik amallari ko‘paymoqda.

Kelasi ikki yil ichida esa jangovor xorijiy kuchlar mamlakatni tark etib, xavfsizlik uchun mas‘uliyatni Afg‘onlarning o‘zlariga topshirishadi.