BBC navigation

Shimoliy yarimsharda "yulduzlar yomg‘iri" kuzatiladi

Сўнгги янгиланиш 13 август 2012 - 10:53 GMT

Astronomlar dushanbaga o‘tar kechasi Shimoliy yarim shardan aniq ko‘rinadigan "yulduzli yomg‘ir" yog‘ishini kutishmoqda.

Olimlarning aytishicha, yulduzli yomg‘ir paytida bir soatning ichida yuzga yaqin chaqnashlar sodir bo‘lishini kuzatish mumkin.

Avgust oyi uchun tabiiy bo‘lgan tabiat hodisasi perseidlar Yerning kosmik tutunlar buluti oralab o‘tishi tufayli yuzaga keladi.

Ayni paytda Yer shunday holatda tutunlar va kichik chastitsalar orasidan o‘tib ketmoqda.

Bu bulut Svift-Tuttl kometasining uchib o‘tishidan so‘ng paydo bo‘lgan.

Atmosferaga tushgan kichik chastitsalar yonishi natijasida yulduzlarga o‘xshab namoyon bo‘ladi.

Olimlarning aytishicha, yulduzlar oqimi 24 avgustgacha davom etadi.

Shu bilan birga 12 avgustdan 13 avgustga o‘tar kechasi "yulduzlar yog‘dusi" o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga chiqadi.

Yog‘ayotgan meteorit parchalarining juda katta tezligi bois, yulduzlar yomg‘irini kuzatish uchun maxsus asbob yoki teleskoplardan foydalanish tavsiya qilinmaydi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.