BBC navigation

Isroil Eronga qarshi qisqa urushga tayyorligini bildirgan

Сўнгги янгиланиш 16 август 2012 - 11:01 GMT

Isroil vazirining aytishicha, harbiy harakatlar "bir necha frontlarda" boshlanishi mumkin.

Bu haqda Isroil Mudofaa vaziri Matan Vilnai ma‘lum qilgan. Uning aytishicha, Eronga qarshi harbiy harakatlar bir oyga yaqin davom etadi.

Eron o‘z raketa hujumlarini boshlaydigan bo‘lsa, Isroil shaharlarida 500 ga yaqin kishi halok bo‘lishi mumkin, deb aytgan janob Vilnai.

Isroil vazirining "Maariv" ro‘znomasiga bergan intervyusida aytilishicha, harbiy harakatlar "bir necha frontlarda" boshlanish ehtimoli mavjud.

Janob Vilnai Isroil voqeaning bu tarzda rivojlanishiga tayyorligini, o‘z amaliyotlarini AQSh ko‘rsatmalariga suyangan tarzda olib borishini ta‘kidlagan.

Amerikalik bloger Richard Silverstaynning BBCga aytishicha, uning qo‘liga Isroilning yuqori mulozimlari yozishmalari tushib qolgan.

Ularda go‘yoki Isroilning Eronga qarshi qanday harbiy kuchlarni ishlatishi yozilgan.

Silverstayn internetda e‘lon qilgan hujjatlarga qaraganda, amaliyotlar Eron yadro ob‘ektlariga keng miqyosdagi kiberhujumlar bilan boshlanishi maqsad qilingan.

So‘ngra Isroilning qanotli raketalari havoga ko‘tariladi, deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari amaliyot maqsadlari qatorida harbiy qo‘mondonlik boshqaruvi tizimi, ilmiy-texnik markazlari, shuningdek, yadro loyihasining asosiy ishtirokchilari uylari ham nishonga olinishi mo‘ljallangan.

Silverstaynning ta‘kidlashicha, shundan so‘ng Isroil qiruvchi aviatsiyasi "qo‘shimcha hujumlarni amalga oshiradi".

BBC muxbiri Jonatan Markusga ko‘ra, hujjatning haqiqiyligini tekshirishning imkoni yo‘q, biroq voqealarning bu tarzda rivojlanishi jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi tayin.

Ayni paytda Eron hukumati Isroil va Amerika tomonidan hujum boshlangan taqdirda, "kerakli javob"ni o‘zi yoki hamkorlari tomonidan qaytarishi haqida ma‘lum qilgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.