BBC navigation

Britaniya Julian Assanjni hibsga olishi mumkin

Сўнгги янгиланиш 16 август 2012 - 13:53 GMT

Britaniya hududida Assanj baribir hibsga olinishi mumkin

Ekvador Tashqi ishlar vaziri Rikardo Patino Britaniya hukumatini Julian Assanjni qo‘lga olish uchun elchixona ichiga bostirib kirishga urinayotganlikda ayblagan.

Dushanba kuni Ekvador prezidenti Rafael Korrea Assanjga boshpana berish qarori shu haftada berilishini bildirgan edi.

Vazir Rikardo Patinoning aytishicha, Wikileaks sayti asoschisiga siyosiy boshpana berish qarori payshanba kuni ma‘lum bo‘lgan.

Julian Assanj iyun oyidan buyon Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinishidan qochib, Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashirinib keladi.

Assanj o‘ziga qo‘yilgan jinsiy ayblovlarni rad qilgan holda, ularni siyosiy maqsadlar uchun qilinayotganini aytadi.

Britaniya Tashqi ishlar vazirligi qonunan Assanjni ekstraditsiya qilishi kerakligini, elchixonaning diplomatik maqomi bunga mone‘lik qilmasligini bildirgan.

Chorshanba kechqurun Kitodagi matbuot anjumanida chiqqan Roberto Patinoga ko‘ra, "Assanjni Britaniya hukumatiga topshirilmasa, qo‘lga olish uchun elchixonaga bostirib kirish bilan tahdid qilingan murojaat olgan".

Janob Patino Britaniya hukumatining tahdidi "demokratik, rivojlangan va qonunga bo‘ysunuvchi davlatga to‘g‘ri kelmasligi"ni aytgan.

Unga ko‘ra, "Britaniyaning bu tahdidi Ekvadorning mustaqilligiga dahl qiladi, Ekvador- mustamlaka emas", deb ta‘kidlagan vazir Patino o‘z chiqishida.

Ayni paytda Londonning Naytsbridj tumanidagi Ekvador elchixonasi oldida ko‘p sonli politsiyachilar yig‘ilishgani aytilmoqda.

Julian Assanj o‘zi asos solgan Wikileaks saytida yuz minglab xalqaro diplomatik yozishmalarni e‘lon qilgan. Ularning ichida Amerikaga taluqli maxfiy hujjatlar ham bo‘lgan.

Julian Assanj o‘zini Shvetsiyaga ekstraditsiya qilingan taqdirda, Amerikaga berib yuborilishidan xavotirini bildirgan.

Amerikada u ayg‘oqchilik aybi bilan o‘limga hukm qilinishi mumkin.

Shu bilan birga, Inson huquqlari bo‘yicha Ovro‘po mahkamasi inson o‘limga yuz tutadigan mamlakatga ekstraditsiya qilinishni ta‘qiqlaydi.

O‘z navbatida Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakilining bildirishicha, "Britaniya Assanjni Shvetsiyaga topshirilishiga bog‘liq majburiyatlarini bajarishga ahd qilgan".

"Biz ekvadorliklarga o‘z qonunlarimizdan kelib chiqib, ekstraditsiya jarayonida inson huquqlariga amal qilish va Britaniyadagi diplomatik binoning huquqiy jihatlarini ko‘zda tutgan holda murojaat qildik." "Biz hali ham bu masalani ikki tomonga ma‘qul shaklda yechish tarafdorimiz", - deb aytgan Britaniya vakili.

Shvetsiya hibsga olish uchun ko‘rsatmani e‘lon qilganidan so‘ng, Britaniya mahkamasi ishni o‘rganish maqsadida Assanjni shartlar asosida ozod etgan edi.

Julian Assanj Ekvador elchixonasiga kelib bu shartlarni buzganlikda ayblanmoqda.

1987 yilda qabul qilingan qonunga binoan Britaniya hududida joylashgan Ekvador elchixonasiga politsiya kirib Assanjni hibsga olish imkonini beradi.

Metropolitan Police ofitserlari elchixona tashqarisida Assanjni hibsga olishni kutib turishgani xabar qilingan.

Assanj elchixona mashinasida tashqariga chiqishi mumkin, lekin uchoqqa o‘tirgunicha hibsga olinish xavfiga baribir duch kelishi aytilmoqda.

Shvetsiya hukumati Julian Assanjning o‘tgan yili Stokxolm shahrida bir ayolni zo‘rlaganlik va boshqasiga jinsiy tajovuz qilganlikda ayblagan va uning ekstraditsiya etilishini so‘ragan.

40 yoshli avstraliyalik ayblanuvchi o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi, ular siyosiy sabablarga asoslanganini aytib keladi.

Julian Assanj o‘zi asos solgan Wikileaks saytida yuz minglab xalqaro diplomatik yozishmalarni e‘lon qilgan.

Ularning ichida Amerikaga taluqli maxfiy hujjatlar ham bo‘lgan.

Wikileaks sayti oshkor qilgan ma‘lumotlar ko‘p davlatlar va xalqaro tashkilotlarning jig‘iga tekkan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.