BBC navigation

Gulnora Karimova "kelajagi siyosiy va diplomatik sohadaligini tushunib yetgan"

Сўнгги янгиланиш 20 август 2012 - 16:21 GMT

Gulnora Karimova qo‘shiqchilikdagi yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim qilishi mumkin

O‘zbekistonning "Uzmetronom" internet axborot saytiga ko‘ra, 17 avgust kuni "Kelajak ovozi 2012" deb nomlangan media-lagerning yopilishida bu tadbirni tashkil etgan Fond Forumning raisi Gulnora Karimova jurnalistlarning savollariga javob bergan.

Karimovaning javoblarini "Uzmetronom" o‘z sahifasida chop etgan.

Ta‘kidlab o‘tish kerak, Gulnora Karimovaning jurnalistlar savollariga javoblar, deya taqdim etilayotgan bu maqolada savollar keltirilmagan. Javoblar esa, mavzular ostida berilgan.

Karimova xonim, to‘xtab o‘tgan bu mavzulardan dastlabkisi Guli brendi ostidagi modalar ko‘rgazmasining Nьyu Yorkdagi, ta‘bir joiz bo‘lsa sarguzashtlari haqida.

Gulnora Karimovga ko‘ra, bu hodisa atrofidagi matbuotdagi chiqishlar, iqtibos keltiraman, "kimdir qayerdadir itga o‘xshab vovilladiyu, boshqalar ilib oldi" qabilida bo‘lgan ekan.

Unga ko‘ra, bu kampaniya kimlardir tomonidan to‘langan va muayyan maqsadga ega bo‘lgan.

Matbuotda Guli brendiga qarshi, bolalar mehnatidan foydalanilgan paxta tufayli uyushtirilgan piketlar yoritilgani, brendni himoya qilib chiqqan piketlarga esa e‘tibor qaratilmabdi ekan.

Karimova xonimga ko‘ra, aslida Guli modalar ko‘rgazmasining boshqa joyga ko‘chirilishiga 11 sentyabr hodisalari bog‘liq xavfsizlikni ta‘minlash choralari sababchi bo‘lgan.

Bu savol-javoblarda ko‘tarilgan bir necha mavzu Gulnara Karimovaning qo‘shiqchilik faoliyati, ayniqsa yaqinda taqdim etilgan Round Run qo‘shig‘ining Amerikdagi chartlardan birida beshinchi o‘rinni olgani atrofidagi shubahlar haqida bo‘lgan.

Karimova xonimga ko‘ra, Round Run qo‘shig‘ining muvaffaqiyati haqidagi da‘volari qalbaki ekanligi borasida aytilgan fikrlar unga yetib kelgan. "Men bu qo‘shiq Hot Dance Hits rangida beshinchi o‘rinni olganligini rasman tasdiqlash masu‘liyatini o‘z bo‘ynimga olaman", deb aytgan u.

Bu o‘rinda u qo‘shiqni yaratishda olamshumul mashhurlikka ega bo‘lgan Ledi Gaganing prodyuserining qo‘li borligini ham qistirib o‘tgan.

Ha, "Billbord" jurnaliga reklama berish uchun va qo‘shiqni ommaviylashtirishga bel bog‘lagan prodyuserga bu borada biron pul to‘lanmagan, deb aytgan Gulnora Karimova.

Unga ko‘ra, bularning hammasini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim qilishi mumkin.

Shu o‘rinda u uning ovozini "shivirlab qo‘shiq aytish metso soprano" emas, deya tanqid ostiga olgan maqolani ham eslatib o‘tgan.

Karimova xonim boshqa san‘atkorlarga o‘xshab yuqori darajada saboq olmagan bo‘lishi mumkin, lekin bir vaqtlar konservatoriyada shug‘allanib, hatto Italiyadagi mashhur La Skala tetarida opera qo‘shiqchiligini ham o‘rgangan. Va yerda uning ovoziga tegishli tashxis ham berilgan ekan...

O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan sunnat to‘ylar go‘yoki Gulnora Karimova jamg‘armasi nomidan, lekin boshqa ishbilarmonlarning puliga o‘tkazilayotgani haiqdagi tanqidlar haqida qanday?

Bu borada matbuotda uning o‘zi ushbu ommaviy to‘ylar uchun mablag‘ni to‘liq ajratmayotgani haqida gapirar ekan, avval boshdanoq bunday reja bo‘lmaganligini aytgan.

Bu to‘ylar uchun mablag‘ ajratib, nom chiqarmoqchi bo‘lmaganligi, bu g‘oya o‘rtaga tashlanishi bilanoq ko‘plab ishbilarmonlar o‘zlari bu ishga qo‘shilganliklarini aytgan.

"Ishbilarmonlardan hech kim hech nimani zo‘r bila olmagan", deb aytib o‘tgan Karimova xonim. Unga ko‘ra, bu ommaviy to‘ylar O‘zbekistondagi an‘anaviy "hashar" madaniyatining in‘ikosi ekan.

Gulnora Karimova to‘xtab o‘tgan mavzularning eng e‘tiborlisi, uning kelajagi borasida bo‘lgan deyish mumkin.

O‘zining professional kelajagi haqida gapirar ekan Karimovaning aytishicha, uning maslakiy qobiliyatlari siyosiy va diplomatik sohada ekanligini tushunib yetgan.

Lekin bu qobiliyatlarini hozirga kunda ne qadar to‘liq amalga tadbiq qila oladi, aytish qiyin. "Sufiylarda bir gap bor, yaratganni kuldirmoqchi bo‘lsang kelgusi besh daqiqida qilmoqchi bo‘lgan ishing haqida gapir" degan ibora bilan o‘z fikriga xulosa yasagan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.