BBC navigation

Suriya prezidenti masjidda Hayit namozini o‘qigan

Сўнгги янгиланиш 20 август 2012 - 11:34 GMT

Prezident Bashar al-Assad o‘tgan oyda Suriyaning to‘rt nufuzli mulozimi o‘ldirilganidan buyon omma oldida birinchi bor ko‘ringan.

Davlat televideniyesi prezidentning al-Hamad masjidida Hayit namozini o‘qiyotganini namoyish qilgan.

Videolavhalarda Assadning yerda o‘tirib tilovat qilayotgani va diniy ulamo bilan qo‘l berib ko‘rishayotgani ko‘rsatilgan.

Suriyaliklar hayit bayramini tilovatlar va hukumatga qarshi namoyishlar bilan o‘tqazishgan.

Faollarning aytishicha, isyonchilar joylashgan tumanlar hujumga tutilgan.

To‘qnashuvlar Herak va Daraa viloyatlarida davom etayotgani aytilmoqda.

Oxirgi paytlarda Suriyaning bir nechta yuqori lavozimli rahbarlari muxolifat tomoniga o‘tgan edi.

Hukumatdagi eng yoshi ulug‘ sunniy musulmonlardan bo‘lgan vitse prezident Foruq al-Sharaning ham mamlakatdan qochgani haqida xabarlar tarqalgan.

Shu haftada jazoirlik diplomat Lahdar Brahimi Kofi Annan iste‘fosi ortidan BMT va Arab Ligasi elchisi qilib tayinlanganini xalqaro hamjamiyat, jumladan Suriya hukumati ham olqishlagan.

78 yoshli janob Brahimining xalqaro doirada, xususan, BMT oldida obro‘yi balandligi aytilmoqda.

Janob Brahimi undan Assadning iste‘foga chiqishiga erishishni so‘rash ancha ertaligini aytgan.

Avgust oyining boshida iste‘fo bergan Kofi Annan Suriya masalasida o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarolmaganini, tinchlik bitimiga erishilmaganini bildirgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.