BBC navigation

Qirg‘iziston: Safdoshlarini otgan chegarachi o‘ldirilgan

Сўнгги янгиланиш 21 август 2012 - 13:36 GMT

Qirg‘iz chegara xizmati oddiy askari besh safdoshini otib o‘ldirgandi

Qirg‘iz-qozoq chegara maskanida o‘z safdoshlarini otib o‘ldirgan oddiy qirg‘iz askari qo‘lga olish payti qarshilik ko‘rsatgan va yakson etilgan.

Qirg‘iziston chegara xizmati oddiy askari 20 avgust kuni Qozoq-Qirg‘iz chegara maskanida o‘z safdoshlariga qarata o‘t ochgan va besh kishini halok etgandi.

Xususan, to‘rt nafar chegara xodimi va bir chegarachining rafiqasi nobud bo‘lgan.

O‘qqa tutilgan uch nafar boshqa askar qochib, jon saqlashadi.

Ayni hodisa ikki davlat orasidagi "Echkilitosh" chegara maskanida ro‘y bergani aytiladi.

Safdoshlariga o‘t ochgan askar yaqindagi bir avtomashina va qurolni olib, voqea joyidan qochib ketadi.

Rasmiylarning aytishicha, bugun seshanba tonggida maxsus qidiruv guruhi uni topishadi. Biroq qurolli chegarachi ularga qarshilik ko‘rsatagach, uni yakson etishga majbur bo‘lishgan.

Hozirgacha bu chegarachi nega o‘z safdoshlariga qarshi o‘t ochgani sabablari ma‘lum emas.

Shuningdek, askarning ruhiy holati va yo boshqa biron mojaro borasida ham xabarlar yo‘q.

Bir necha hafta oldin qo‘shi Qozog‘istonda chegarachi askar o‘z hamkasblarini o‘ldirishda ayblangan edi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra harbiy xizmatdagi "dedovshina" madaniyati aksar sobiq Sovet mamlakatlarida hamon mavjud.

Qiynoq va masxaralarlarga chiday olmagan yosh askarlar ba‘zida o‘z safdoshlariga qarshi o‘t ochgani va yoki o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar sobiq ititfoq o‘lkalarida hamon ro‘y berib turadi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.