BBC navigation

Turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik qanday samara beradi?

Сўнгги янгиланиш 23 август 2012 - 15:17 GMT

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda turkiy davlatlar sammiti o‘z ishini nihoyaladi.

Sammit so‘ngida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Turkiya davlatlari va hukumatlari turkiyzabon davlatlar hamkorlik Kengashining moliyaviy tartiblari haqidagi Bitimni imzolashdi.

Shuningdek, ayni Kengash hamkorligi chorcho‘basida Turk Akademiyasini yaratishga kelishib olindi.

Sammit mezboniga ko‘ra, tomonlar turk madaniyati va turk xalqlarini dastaklash bo‘yicha maxsus jamg‘arma barpo etishga ham rozilik bildirganlar.

Turkiy davlatlar sammiti naqd yigirma yildan buyon o‘tkazib kelinadi.

Avval boshdan unga a‘zo davlatlar o‘zaro madaniy, iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilib olishgan.

Ammo, o‘tgan yillar davomida mazkur sohalarda aniq integratsion jarayonlar kuzatilgani yo‘q.

Buning sababi nima?

BBC ayni savol bilan Turkiya sobiq davlat vaziri Ahad Andijoniyga bog‘landi.

Туркий давлатлар ўртасидаги ҳамкорлик қандай самара беради?

Туркий давлатлар 20 йилдан буён ўзаро маданий, иқтисодий ва сиёсий ҳамкорликни мустаҳкамлашга ҳаракат қилиб келишади. Аммо, ўтган йиллар давомида мазкур соҳаларда аниқ интеграцион жараёнлар кузатилгани йўқ.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.