BBC navigation

Qirg‘izistonda Turkiy tilli davlatlar uchrashuvi boshlangan.

Сўнгги янгиланиш 23 август 2012 - 12:08 GMT

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Qirg‘iziston poytaxtida yig‘ilgan.

Bishkekda o‘tayotgan tadbirda O‘zbekiston vakillari ishtirok etishmagan.

Uchrashuvda Turkiy tilli davlatlarning yagona bayrog‘i qabul qilingan.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovuto‘g‘li jurnalistlar bilan matbuot anjumanida bildirgan.

Qabul qilingan yagona bayroqda Turkiy tilli davlatlar hamkorligiga a‘zo Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkiya davlat bayroqlaridan belgilar aks etgan.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Yaqin kelajakka mo‘ljallangan rejalar aniqlab olingan.

Xususan, hamkorlikka a‘zo to‘rt davlat o‘rtasida madaniy va ta‘lim borasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga kelishilgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.