BBC navigation

Atoqli aktyor Zikir Muhammadjonov olamdan o‘tgan

Сўнгги янгиланиш 23 август 2012 - 16:39 GMT

Zikir Muhammajonov - O‘zbek teatr va kino san‘atining zabardast aktyori edi

O‘zbek teatr va kino san‘atining ulkan san‘atkori Zikir Muhammadjonov 91 yoshida olamdan o‘tgan.

Zikir Muhammadjonov 1921 yilda Toshkentda tug‘ilgan.

U o‘zbek sahnasida ayniqsa taniqli davlat arboblari obrazini mahorat bilan gavdalantirgan edi.

Sho‘rolar davrida ishlangan "General Rahimov" filmida u Sobir Rahimov obrazini yorqin va hayotiy tarzda ijro etib, nafaqat o‘zbekistonliklar, balki butun ittifoqdosh respublikalar ahliga tanilgandi.

3. Muhammadjonovning O‘zbekiston xalq artisti unvoni, Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

1977 yilda Zikir Muhammadjonov O‘zbekistonda sanoqli aktyorlar qatorida SSSR Xalq Artisti unvoniga sazovor bo‘lgan.

Sahna va kinokamera qarshisidagi o‘z uslubi va o‘ziga hos yo‘nalishiga ega bo‘lgan aktyor turli davrlarda yashagan va turli dunyoqarashlarga ega bo‘lgan siymolarni muhlislar ko‘zi o‘ngida qayta gavdalantirgan.

Furqat, Hamza, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Lenin, Sobir Rahimov kabi tarixiy shaxslar, hamda Vilyam Shekspir asarlaridagi bosh rollarni ijro etish bilan Zikir Muhammadjonov o‘z salohiyati va iqtidori naqadar chuqur va keng ko‘lamli ekanini namoyish eta olgan.

Ko‘p o‘zbekistonliklar orasida o‘ziga xos, o‘tkir ovozi bilan mashhur edi.

San‘atkor ko‘p yillar o‘zbek teatr va kino san‘atining muhim nazariy va amaliy muammolarini matbuotda dadil ko‘tarib chiqqan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.