BBC navigation

Mahkama Breyvikni ruhiy sog‘lom deb topdi

Сўнгги янгиланиш 24 август 2012 - 13:56 GMT

Breyvik o‘zining ruhiy sog‘lom ekanini aytib kelgan

Norvegiya mahkamasi qotil Anders Beyring Breyvikni ruhiy sog‘lom deb topgan va 21 yillik qamoq jazosiga hukm etgan.

Breyvik Oslo markazini portlatganida va Utoya orolidagi yoshlar jamlog‘ida o‘t ochganida 77 odamni o‘ldirgani va 240 odamni jarohatlaganini tan oldi.

U o‘zining ruhiy sog‘lom ekanini urg‘ulab kelgan, biroq aybdor ekanini rad etgan. Uning aytishicha, qotilliklar Norvegiyaning "islomiylashishi"ni to‘xtatish uchun zarur qadam bo‘lgan.

Prokurorlar uning ruhiy nosog‘lom deb topilishini so‘ragandilar.

Besh hakam bir ovozdan Breyvikni ruhiy sog‘lom deb topganlar.

U terrorchilik va avvaldan tayyorlangan qotillikda aybdor topildi va 21 yillik qamoq jazosini oldi.

Biroq, u kelajakda jamoatchilik uchun xavfli deb topilsa, qamoq jazosi yana uzaytirilishi mumkin.

Qarorni o‘qib eshittirar ekan, hakam Vensh Elizabet Arntsen Breyvik "bartaraf etiluvchi tutqunlik"ka hukm etilishini aytdi. Bu kabi maxsus hukm jamoatchilik uchun xavfli sanalgan jinoyatchilarga chiqariladi.

Hukmga binoan, Breyvik kamida 10 yilni qamoqda o‘tkazishi shart.

33 yoshli Breyvik mukammal tayyorlangan hujumlarini 2011 yil iyulida amalga oshirdi. Politsiya zobiti ustboshini kiyib olgan qotil Oslo markazida mashinaga o‘rnatilgan bombani portlatishi oldidan, Utoya oroliga yo‘l olib, o‘z qurbonlarini birma-bir otib o‘ldirgan.

U iqtidordagi Leyboristlar partiyasini ko‘pmadaniyatlilikni targ‘ib qilish va Norvegiyaning o‘zligiga tahdid solishda ayblaydi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.