BBC navigation

Samsung shirkati aktsiyalari yetti foizga arzolagan

Сўнгги янгиланиш 28 август 2012 - 12:27 GMT

Mabodo Galaxy S3 ga Amerikada taqiq qo‘yilsa, Applega raqobat bozorida katta imkoniyat berishi mumkin

Amerika mahkamasi Janubiy Koreyaning Samsung shirkati o‘z smartfoni va kompyuter tabletlarini yaratguncha Amerikaning Apple shirkati kashfiyotlarini o‘g‘irlagan, deb qaror chiqargandan so‘ng bir kunning ichida Samsung Electronics mahsulotlari arzonlashgani kuzatilgan.

Bu keyingi to‘rt yil ichidagi eng rekord ko‘rsatkich bo‘lgani aytilmoqda.

Seuldagi savdolarda Samsung shirkati aktsiyalari 7 foizga arzolagan.

Bir yilga cho‘zilgan mahkama jarayonidan keyin mahkama, "Samsung 1 milliard dollardan ziyod zararni to‘lashi kerak", degan qaror chiqargan edi.

Samsung shirkati mahkama qaroridan shikoyat etishi kutilmoqda.

Ayni paytda, Apple ham Amerikada Janubiy Koreya shirkatining mahsulotlari savdosini taqiqlashga erishmoqchi.

Bu masala bo‘yicha mahkama 20 sentyabrda yig‘ilishi ma‘lum qilingan.

Apple yangi Galaxy S3 smartfoni savdosiga ham taqiqni so‘rashi mumkinmi, degan savol Samsung uchun muhim hisoblanadi.

Yaqinda tugagan mahkamada shirkatning dastlabki loyihalari asosida ishlab chiqargan mahsuloti Galaxy S3 telefoni borasida so‘z bormagan.

Ayni paytda dunyo bozorida Samsungning eng ommaviylashgan mahsuloti Galaxy S3 ga taqiq qo‘yilishi uning asosiy raqibi Applega katta imkoniyat berishi mumkin.

Iyul oyida Janubiy Koreya mahkamasi Apple ham Samsung ham bir-biridan programmalarni ko‘chirgan, deb qaror bergandi.

Britaniya mahkamasi esa Apple kompaniyasining Samsung shirkatiga qarshi shikoyatini qondirmagan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.