BBC navigation

O‘zbekiston Ma‘muriy javobgarlik kodeksini insonparvarroq qilmoqchi

Сўнгги янгиланиш 28 август 2012 - 12:40 GMT

O‘zbekiston Ma‘muriy kodeksini yanada adolatli, yanada insonparvar qilish maqsadi ko‘zlangan.

O‘zbekiston Adliya vazirligi xabar qilishicha, mamlakatning Ma‘muriy javobgarlik haqidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Bundan maqsad, O‘zbekiston prezidentining jamiyatni yanada erkinlashtirish, demokratlashtirishga qaratilgan kontseptsiyasidan kelib chiqib, kodeksni yanada adolatli, yanada insonparvar qilish ekani xabar qilinmoqda.

Adliya vazirligi yangi taklif etilayotgan o‘zgarishlarni e‘lon qilgan, bu o‘zgarishlarda aybsizlik prezumptsiyasi, adolatlilik, gumanizm tamoyillari alohida urg‘ulanishi aytilgan.

Endi O‘zbekiston Ma‘muriy javobgarlik kodeksida "qonuniylik", "qonun oldidagi tenglik", "haqiqatni aniqlash" deb nomlangan va boshqa tamoyillar alohida bandlar sifatida ilk bor joy olishi xabar qilinmoqda.

Bu kodeksda ma‘muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsga nisbatan insonparvarlik tamoyilini qo‘llash ko‘z tutilmoqda, bu bandga ko‘ra, ma‘muriy qilmish sodir etgan shaxsning qadr-qimmatini tahqirlash yoki unga jismoniy azob berish taqiqlanadi.

Yangi Ma‘muriy kodeks loyihasida bu turdagi javobgarlik uchun eng kam va eng ko‘p jarima miqdorlari belgilangan.

"Gazeta.uz" web-sayti xabar qilishicha, O‘zbekiston Ma‘muriy kodeksida ayrim hollar uchun ma‘muriy javobgarlikni yanada og‘irlashtirish taklif qilinmoqda.

Janoblar, borini(O‘zbekistonda shu paytgacha qabul qilingan qonunlarni) o‘ndan biriga ijro qilaylik, deydi Ruhiddin Komilov.

Xususan, qonun buzilishi holati irqiy yoki millo nizo qo‘zg‘ash maqsadida, homilador ayol va nogiron insonlarga qarshi qasddan sodir etilsa, qattiqroq ma‘muriy javobgarlikka tortish ko‘zda tutiladi.

Xalqaro inson haqlari tashkilotlari O‘zbekiston hukumatini mukammal, demokratik qonunchilikka qaramasdan, inson haqlarini qo‘pol buzishda, o‘z qonunlarini oyoqosti qilayotganlikda tanqid etib keladilar.

O‘zining advokatlik faoliyati bilan tanilgan huquqshunos Ruhiddin Komilov O‘zbekiston Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilayotgan o‘zgarishlarni olqishlashini aytadi.

"O‘z-o‘zidan sud hukmi yoki qarori inson haq-hurmatini oyoqosti qiladigan emas, balki uni hurmat qiladigan darajada bo‘lishi kerak. Shu nuqtai-nazardan har qanday yangilikni qo‘llab-quvvatlashimiz mumkin", deydi Ruhiddin Komilov.

"Afrikadagi eng qoloq mamlakatning qonuni ham mukammal bo‘lishi mumkin. Qonunlar mukammal bo‘lishi mumkin. Ammo hamma gap bu qonunlarning mukammal ijrosida", deydi taniqli sobiq advokat.

"Siz nima deb o‘ylaysiz, Ma‘muriy kodeksdan keyin O‘zbekistonning Jinoiy Kodeksi, Jinoyat-Protsessual Kodekslariga ham insonparvarlik, adolatlilik tamoyillari nuqtai-nazaridan o‘zgartirishlar kiritish zarurmi", degan savolga Ruhiddin Komilov, hech qanaqa o‘zgarishlar shart emas, deydi.

"Borini ijro qilaylik! Janoblar, borini o‘ndan biriga ijro qilaylik. Mingta mukammal qonunlar qabul qilganimiz bilan ularni ijro qilmasak nima keragi bor?", deydi Ruhiddin Komilov.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.