BBC navigation

London universiteti horij talabalarini qabul qilmaydi

Сўнгги янгиланиш 30 август 2012 - 11:04 GMT

Metropoliten universitetida 30 mingga yaqin talabalar bilim olishadi

Metropoliten universitetining Ovro‘po Ittifoqi doirasidan tashqari keluvchi talabalarni o‘qitish litsenziyasi to‘xtatilgan.

Buning natijasida qariiyb 2 mingga yaqin chet ellik talaba Britaniyadan o‘z mamlakatiga deportatsiya qilinishi mumkin.

Britaniya chegara agentligi universitetning ovro‘polik bo‘lmagan talabalarni o‘qitish va ularni viza bilan ta‘minlashga ko‘mak berish huquqini bekor qilgan.

Britaniya universitetlaridan bundan oldin ham horij talabalarini ro‘yxatga olishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun litsenziyalari olib qo‘yilgan hollar kuzatilgan.

Biroq hukumat tomonidan biror bir universitetning Ovro‘po Ittifoqidan tashqari mamlakatlardan talaba qabul qilish huquqi butunlay bekor qilinishi birinchi bor yuz bermoqda.

Metropoliten universiteti yo‘l qo‘ygan kamchiliklar tafsiloti aytilmagan.

Faqat Chegara agentligidan ma‘lum qilinishicha, universitet faoliyatida yarim yil oldin aniqlangan jiddiy va doimiy kamchiliklar bartaraf etilmagan.

Hukumat hujjatlarida qayd etilishicha, Metropoliten universitetida 61 foiz horij talabalarini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq kamchiliklar borligi aniqlangan.

Chet ellik talabalarga boshqa universitetlardan o‘rin ajratishga ko‘maklashish Ishchi guruhi tashkil etilgan.

London shimolida joylashgan Metropoliten universitetida 30 mingga yaqin talabalar bilim olishadi.

Ayni paytda Britaniyadagi Talabalarning milliy ittifoqi Bosh vazir Devid Kemeron va Ichki ishlar vaziri Tereza Meyga qabul qilingan qarordan norozilik maktubi yuborgan.

Talabalar Ittifoqiga ko‘ra, ushbu qaror Britaniyaning butun oliy ta‘lim tizimiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Ovro‘po Ittifoqiga a‘zo bo‘lmagan davlatlardan kelgan talabalar tomonidan davlat xazinasiga bir yilda 12,5 milliard funt mablag‘ tushadi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.