BBC navigation

"Oziq-ovqatni ko‘paytirish uchun paxtani kamaytirish kerak"

Сўнгги янгиланиш 30 август 2012 - 18:36 GMT

Go‘sht va sut mahsulotlari ko‘plab o‘zbeklar uchun tanqis taomga aylangan

O‘zbekiston hukumati mamlakatda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat xillari va hajmini ko‘paytirishga qaror qilgan.

Bu borada chiqarilgan farmonga muvofiq, chorva mollari sotib olish, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish uchun kreditlar ajratilishi, ularga ko‘mak ko‘rsatib, soliq imtiyolari berish ko‘zda tutiladi.

Markaziy Osiyodagi eng aholisi katta, sahrolashish kuchli va suv zahiralari yetishmaydigan O‘zbekiston dehqonchilik mahsulotlariga bo‘lgan ichki ehtiyojini, asosan, o‘zi qondiradi.

Mustaqillik yillari esa sifati nisbatan past bo‘lsa ham, g‘alla ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Ammo Toshkentdan iqtisodchi va tadbirkor Anvar Husaynovga ko‘ra, go‘sht va sut mahsulotlari hamon kam yetishtirilmoqda va ularning narxlari osmon. Shu bois aholi dasturxonida bu mahsulotlar tanqis taomga aylangan.

Mutaxassislarning o‘ylashicha, hukumatning hozirgi oziq-ovqat ishlab chiqarish qarori ham keskin ijobiy o‘zgarishlar yasashga qodir emas

"Oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish va go‘sht-sut mahsulotlari narxini tushirish uchun paxta maydonlarini qisqartirish yagona yo‘ldir" - deydi Anvar Husaynov - "O‘shanda paxta ekilayotgan sersuv va yaxshi yerlarda ko‘proq oziq-ovqat ishlab chiqarish mumkin".

"O‘zbekistonda paxta yetishtirish davlat obro‘si uchun kerak, lekin dehqonlar paxtachilikdan foyda ko‘rishmayapti".

O‘zbekiston so‘nggi yillari shaxsiy xo‘jaliklarda ham oziq-ovqat yetishtirishni ko‘paytirishni rag‘batlantirmoqda.

Toshkent yaqinidagi Yangiyo‘l tumani esa butunlay paxtadan voz kechgan.

Ammo fermerlar hamon o‘zlari istagan ekinni ekish, mahsulot narxini erkin bozorga qarab belgilash, kredit olish va tayyor mahsulotlarini chetga olib borib sotish yo‘lida katta to‘siqlarga dech kelishayotganidan shikoyat qilishadi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.