BBC navigation

Boris Berezovskiy Roman Abramovichga qarshi mahkamada yutqazgan

Сўнгги янгиланиш 31 август 2012 - 15:47 GMT

Hakam Berezovskiyning javoblaridan qoniqmaganligini aytgan

London Tijorat mahkamasi rossiyalik korchalon Berezovskiyning milliarder Abramovichga qarshi boshlagan ishni uning foydasiga hal qilmagan.

Boris Berezovskiy "Chelsi" xo‘jayinini o‘zaro ishonch va shartnomani buzganlikda ayblagan.

Unga ko‘ra, 2000 yilda janob Abramovich "Sibneft"ning Berezovskiyga tegishli hissalarini arzon narxda sotishga majbur qilgan.

Shuningdek, Berezovskiy "Rusal" uchun Abramovich o‘ziga 6 milliard dollar to‘lashi kerakligini aytgan.

Roman Abramovichning bildirishicha, Abramovich hech qachon bu shirkatlarning hissalariga ega bo‘lmagan.

Ikkala biznesmen o‘rtasida biror bir kelishuv shartnomasi bo‘lmagani bois mahkama Abramovich foydasiga qaror chiqargan.

Hakam Berezovskiyning ko‘rsatmalari ishonchli bo‘lmagani va ba‘zi hollarda yolg‘on ishlatganligini aytgan.

Hakam Elizabet Gloster "Janob Berezovskiy aniq bir dalil topolmay qolganda shu yerning o‘zidayoq yolg‘on gapirishga harakat qilib, yolg‘oniga o‘zini ham ishontirishga urindi" deb aytgan Boris Berezovskiy haqida.

Hakam Roman Abramovich o‘ziga berilgan ishga bog‘liq barcha savollarni eslab qolishga uringani va javoblari bilan ishonchni qozonganini ta‘kidlab o‘tgan.

Mahkama zalidan chiqqan Berezovskiy chiqarilgan qarordan taajjubda ekanligini aytgan va London Oliy Mahkamasini Moskvadagi Basmanniy sudiga o‘xshatgan.

"Menda shunday tasavvur paydo bo‘ldiki, qarorga Putin imzo chekkanga o‘xshadi", - deb aytgan Berezovskiy jurnalistlarga.

Mahkamada Roman Abramovichning o‘zi ishtirok etmagan.

Bu mahkama Londonda rossiyalik korchalonlarning bir-biriga qarshi boshlagan ishlarining dastlabkisi va oxirgisi ham emasligi aytiladi.

Sentyabr oyida Mixail Cherniy va Oleg Deripaska o‘rtasidagi pul mojarolari haqida mahkamada tanishiladi.

Keyingi "oligarxlar sagasi"ning davomi deb aytilayotgan ishla Boris Berezovskiyning Badri Patarkatsishvili qarindoshiga nisbatan arizasi ko‘rib chiqiladi.

Bu mahkamalarning qanday yakun topishidan qat‘iy nazar, rossiyalik boylarning Angliya g‘aznasiga yaxshigina pul olib kelayotganligi ham nazardan qochirilmaydi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.