BBC navigation

Qozog‘istonda Markaziy Osiyoda birinchi uzluksiz telekanal ish boshlaydi

Сўнгги янгиланиш 31 август 2012 - 12:03 GMT

Qozog‘iston Markaziy Osiyo respublikalari orasida hamma sohada ilg‘or bo‘lishga intiladi

Qozog‘iston ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, yangi "24KZ" telekanalining ko‘rsatuvlari 1 sentyabr tunidan boshlab efirga uzatila boshlaydi.

Yangi telekanal "Xabar" agentligi tarkibida tashkil etilgan.

Telekanalda mamlakat, mintaqa yangiliklaridan tashqari xalqaro xabarlarga katta o‘rin ajratiladi, shuningdek turli mavzudagi ko‘rsatuvlar namoyishlar etiladi.

Har kuni 48 marotaba yangiliklar dasturi va 49 axborot-tematik mavzudagi ko‘rsatuvlar efirga chiqadi.

"Bu kanalning asosiy maqsadi avvalo xolislik, tezkorlik va o‘ziga xoslik bo‘lishi lozim", - deb aytgan Qozog‘iston Madaniyat va axborot vaziri Darxon Minboy.

Janob Minboyning aytishicha, "24KZ" kanali CNN, BBC, Euronews kanallaridan o‘zining imkoniyatlari jihatidan hech ham qolishmaydi.

Kanalning rasmiy taqdimoti Kazmediamarkaz maydonida mahalliy vaqt bilan soat kechki 11 da bo‘lib o‘tadi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.