BBC navigation

MTS O‘zbekistonga qarshi AQSh va Rossiyani ishga solmoqchi

Сўнгги янгиланиш 4 сентябр 2012 - 15:41 GMT

MTS vakili Maykl Hekker O‘zbekistonga qarshi xalqaro qonuniy va siyosiy vositalarni ishga solish niyatini aytmoqda

"Ilk o‘rinda O‘zbekiston noqonuniy hibsga olgan va huquqlari buzilayotgan xodimlarimizni ozod qilsin" - deydi BBC O‘zbek Xizmat bilan suhbatda MTS vakili Maykl Hekker - "O‘zbekistonda faoliyat yuritishimizga yana ruxsat bersin va bizga qarshi barcha nohaq ayblovlarni bekor qilsin".

Aks holda, MTS vakillari O‘zbekiston hukumatiga qarshi mavjud xalqaro qonunlarni va qolaversa, siyosiy vositalarni ishga solishmoqchi.

AQSh va Rossiya hukumatlarida ham bu masalaga qiziqish katta" - deb aytdi Maykl Hekker - "AQSh kongressmani to‘g‘ridan to‘g‘ri Prezident Karimovga chiqib, bu jinoiy hatti-harakatlarin to‘xtatishga ham chaqirgan".

O‘zbek huukmati MTSga qarshi qator iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘agan. Natijada, mamlakatdagi eng yirik qo‘l telefoni shirkati faoliyati to‘xtab, millionlab odamlar telefon aloqasidan mahrum bo‘lishdi.

MTSning O‘zbekistondagi "O‘zdunrobita" shirkatida ishlagan qator rahbar xodimlar hibsga olingan, shirkat mulklari muzlatilgan hamda faoliyat yuritishga oid barcha ruxsatnomalari bekor qilingan.

G‘arb matbuotiga ko‘ra, buning oqibatida MTS shirkati 1 milliard AQSh dollaridan ko‘proq yo‘qotishga uchragan.

MTS o‘ziga qarshi ilgari surilayotgan ayblovlarni rad etadi. Endi esa bu ayblovlar bekor qilinishi yo‘lida, aftidan, O‘zbek hukumatiga qarshi xalqaro qonuniy va siyosiy vositalarni ham ishga solish niyatida.

"O‘zbekiston hukumati qonun va mantiqqa mos ish tutishi lozim" - deydi shirkat vakili Maykl Hekker - "Aks holda, O‘zbekiston o‘zining sarmoya muhitini vayron etadi".

MTS O‘zbekistondagi sarmoya va tijorat muhiti vaqt sayin zaharlanib ketayotganini aytadi.

O‘zbekistonda faoliyat yuritgan ko‘plab xorijiy shirkatlar bu mamlakatda tijorat yuritish o‘ta qiyinligini, korruptsiya avjiga chiqqanini va xususiy mulk hamda tijoratlarga hech qanday kafolat berilmasligini aytishadi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.