BBC navigation

Xitoyda ro‘y bergan zilzilada odamlar qurbon bo‘lgan

Сўнгги янгиланиш 7 сентябр 2012 - 11:35 GMT

Xitoyda bir necha yer silkinishi ro‘y bergan.

Xitoy matbuotining xabar berishicha, mamlakatning janubi-g‘arbida mahalliy vaqt bilan soat 11:19 da 5,7 va 5,6 balli yer silkinishlari sodir bo‘lgan.

Sinxua agentligiga ko‘ra, tabiiy falokat natijasida kamida 43 kishi o‘lgan, 150 dan ortiq kishi jarohat olgan.

20 mingdan ortiq binolar vayron bo‘lgan.

Zilzila markazi Yunnan va Guychjou viloyatlari chegarasida bo‘lgani bildirilgan.

Minglab odamlar Yunnan viloyatidan boshqa joyga ko‘chirilgan.

Odamlar qayta yer silkinishidan qo‘rqib ko‘chalarda turishgani aytilmoqda.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.