BBC navigation

ATES sammitida tinchlik va iqtisod masalalari muhokama qilingan

Сўнгги янгиланиш 10 сентябр 2012 - 12:18 GMT

Sammitda dunyo iqtisodi va tinchlik masalalari asosiy mavzulardan hisoblangan

Vladivostokda 7 sentyabr kuni ochilgan Osiyo-Tinch ummoni hamkorlik tashkiloti sammitida Rossiya va AQSh rasmiylari uchrashishgan.

Shanba kuni AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning yaqinda Jahon savdo tashkilotiga kirgani munosabati bilan o‘zaro savdo aloqalarini muhokama qilishgan.

Davlat kotibi Klinton xonim Rossiyaning sentyabr oyidan boshlab odatiy savdo qilish huquqiga ega bo‘lishiga umid bildirgan.

Jekson-Venik tizimiga asosan inson haqlari va fuqarolar emigratsiyasi cheklangan davlatlarga keng miqyosdagi imkoniyatlar berilmaydi.

1974 yilda qabul qilingan tartiblar hali ham bekor qilinmagan.

Ayni paytda Rossiyaning bu boradagi mavqei AQSh Kongressida muhokama qilinayotgani aytiladi.

Sammitda, shuningdek, Suriya masalasi va dunyodagi iqtisodiy vaziyat borasida munozaralar o‘tkazilishi xabar qilingan.

Prezident Xu Jintao va‘da qilishicha, Xitoy jahon iqtisodiyotining moliyaviy inqirozdan keyin oyoqqa turishi uchun dastak beradi.

Xitoy bugun dunyoning ikkinchi yirik iqtisodi bo‘lib turipti va ko‘p mamlakatlardagi bizneslar Xitoydagi ishlab chiqarishga bog‘langan.

Vladivostok shahrida Osiyo-Tinch ummoni mamlakatlari rahbarlari sammitida Prezident Xu Jintao Xitoy ichki ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish siyosatini davom ettirishini aytgan.

"Butun dunyo iqtisodi juda sekinlik bilan tiklanmoqda va hozirgacha hal qilinmagan va rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan sabablar bor", deb aytgan Xu Jintao sammit munosabati bilan tashkil etilgan biznesmenlar bilan uchrashuvda.

"Osiyo va Tinch ummoni mintaqasidagi tinchlik va barqarorlikka u yerdagi har bir mamlakat mas‘uliyatlidir", - deb ta‘kidlagan Xitoy rahbari.

Sammitning ikkinchi kunida chiqish qilgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin savdo aloqalarini rivojlantirish haqida gapirgan.

Ayni paytda, Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘z nutqida Amerikaning Suriya va Eronga kiritgan sanktsiyalari Rossiya biznes manfaatlariga zarar keltiradi, degan.

Shuningdek, Rossiya vakili Suriyadagi qon to‘kishlarga butunlay chek qo‘yish asosiy vazifalardan ekanligini aytib o‘tgan.

Osiyo-Tinch Okeani hamkorlik tashkiloti sammitida dunyoning 21 davlati rahbarlari, siyosatchilari va biznesmenlari qatnashishmoqda.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.