BBC navigation

Xalq tabobati bilan nafaqat O‘zbekistonda tanilgan Abduqodir Sattorga savol bering

Сўнгги янгиланиш 10 сентябр 2012 - 17:26 GMT

BBC mehmoni - O‘zbekistonda ko‘pchilikka tanilgan "Malham" Xalq tabobati markazining rahbari Abduqodir Sattor.

Abduqodir Sattor 1954 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Uning otasi ham shifokor.

Abduqodir aka kasb sifatida tibbiyot sohasini tanlashining bir necha sababi borligini aytadi.

"Rus maktabda o‘qirdim. Rus bolalari ko‘pincha ichketar bo‘lganligi sababli doim yonlarida ichketarni to‘xtatadigan xab dori olib yurishardi. Men esa ehtiyot shart bobom bergan bir qism giyoh olib yurardim. Shu giyohimning ko‘pchilik o‘quvchi va talabalik yillarimda talabalarga yordami ko‘p tekkan. Ikkinchi sababi, men o‘n yoshimda olti metrli binodan tushib ketganman. Shunda o‘ng qo‘lim va o‘ng oyog‘im singan, 40 kun gipsda yotganman va shifokorlikka mehrim tushgan. Qolaversa, bobom taniqli tabib bo‘lganlar", deydi Abduqodir Sattor.

U meditsina sirlarini Moskva va Andijondagi tibbiy oliy o‘quv yurtlarida o‘rgangan.

Abduqodir aka Andijondagi tibbiyot oliygohining farmakologiya va ichki kasalliklar kafedralarida bir necha yil davomida yoshlarga ta‘lim bergan.

Abduqodir Sattor O‘zbekistondagi nashrlarda, qator Internet sahifalarida turli giyohlarning inson salomatligi uchun foydalari, xalq tabobati haqidagi maqolalarini e‘lon qilib turadi.

U 50 ka yaqin ilmiy maqolalar,20 dan ortiq kitoblar muallifi.

Yaqinda Abduqodir Sattorning "Dard ko‘p, davosi undan ko‘p" deb nomlangan kitobi nashrdan chiqdi.

BBC mehmoni Abduqodir Sattorga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk
elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham Internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.