BBC navigation

Tojik rasmiysi: "Rog‘un baribir barpo etiladi"

Сўнгги янгиланиш 14 сентябр 2012 - 12:06 GMT

Tojikiston Energetika va sanoat vazirligi mulozimi Nazar G‘oipov Rog‘un GES qurilishi har qanday sharoitda davom ettirilishini aytgan.

Tojik rasmiysi bu haqda Qirg‘izistonda Markaziy Osiyoda "Energetika barqaror taraqqiyot uchun" 3-xalqaro forumida chiqishida gapirgan.

G‘oipov janoblarining so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston sobiq Sho‘ro davridan boshlab to hozirgi kungacha suv zahiralaridan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq ratsional ravishda foydalanib kelgan.

"Rog‘un GESi nafaqat Tojikistondagi, balki butun Markaziy Osiyodagi ekologik toza elektrenergiya muammosini yechishga xizmat qiladi", deb aytgan Tojikiston rasmiysi.

G‘oipovga ko‘ra, Tojikiston faqat o‘zi uchun emas, butunboshli Markaziy Osiyoda elektrenergiyasi ishlab chiqarish uchun GESlar qurmoqda.

G‘oipov janoblari bergan ma‘lumotlarga ko‘ra, 1990-2012 yillarda mamlakatda kamida 271ta GES barpo etilgan.

Ammo, mutaxassis bu gidroelektr stantsiyalari to‘la quvvat bilan ishlashga qodir emasligi aytadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kichik GES vaziyatdan chiqish uchun yetarli emas va Tojikistonning katta quvvat bilan ishlashga qodir gidroelektr stantsiyasi barpo etishga zarurati bor.

Bir necha kun oldin O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov mintaqada suv zahiralari ustidan urush kelib chiqishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

U gaplarni Tojikiston qurayotgan Rog‘un va Qirg‘iziston tiklayotgan Qambarota GESlarini nazarda tutib aytgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.