BBC navigation

NATO askarlari "afg‘on politsiyasi kuchlari" tomonidan o‘ldirilgan

Сўнгги янгиланиш 17 сентябр 2012 - 11:44 GMT

Afg‘onistonda NATO yetakchiligidagi maxsus kuchlar safidan 4 nafari o‘ldirilgan. Rasmiylariga ko‘ra, ular afg‘on politsiyasi xodimlari hujumiga uchragani gumon qilinmoqda.

Aytilishicha, janubiy Zobul viloyatidagi nazorat nuqtasida yuz bergan hodisadan beri 5 politsiya xodimi g‘oyib bo‘lgan. Ulardan biri o‘ldirilgan.

Agar hujumchilar politsiya xodimlari ekani tasdiqlansa, bu bilan joriy yil "ichki hujumlar" natijasida halok bo‘lgan NATO kuchlari soni 51 nafarga yetadi.

So‘nggi hodisa Britaniyaning ikki askari politsiya kiyim-boshidagi shaxs tomonidan o‘ldirilishidan bir kun o‘tib kuzatilgan.

Juma kuni esa, Qo‘shma Shtatlar dengizchi kuchlaridan ikki nafari Afg‘oniston janubida Tolibon tarafidan halok etilgandi.

Jangarilar Helmand viloyatidagi Kemp Bastion bazasiga hujum qilib, Amerikaning Harriyer rusumidagi 6 ta uchog‘ini vayron qilishgan.

Nazorat nuqtasidagi hujum

Xabar qilinishicha, NATO maxsus kuchlari Zobul viloyatidagi ovloq Mezan hududida nishonga olingan. Ular nazorat nuqtasiga qarshi isyonkorlik hujumini to‘xtishga urinishgani aytiladi.

Zobul politsiya xizmati boshlig‘iga ko‘ra, askarlar afg‘on milliy politsiya xizmati kiyim-boshidagi shaxs tomonidan o‘ldirilgan.

Halok bo‘lganlar qaysi davlat fuqarolari ekani oshkor qilingani yo‘q, biroq ular Britaniya kuchlari tarkibida xizmat qilishgan.

Keyinroq, Afg‘oniston rasmiylari BBCga o‘ldirilganlar maxsus kuchlaridan bo‘lishganini ma‘lum qilishgan.

Rasmiylarning aytishlaricha, hujum chog‘i bir afg‘on politsiya xodimi o‘ldirilgan, yana besh nafari bedarak qolmoqda.

Ammo, ularning Maxsus kuchlarga qarshi hujumga haqiqatdan ham aloqasi bormi yoki javobgar bo‘lib qolishdan qo‘rqib qochib qolishganmi, aniq emas.

NATO rasmiysi matbuotga gapirarkan, hujumchi tutilmaganini tasdiqlagan, ammo ular ko‘pchilik bo‘lganmi yo‘qligi qorong‘u ekanini aytgan.

Xabarlarda Zobuldagi hodisada qator xorijiy askarlar yaralanishgani va hozir tekshiruv ishlari boshlangani aytiladi.

Muxbirlarga ko‘ra, bunday hujumlar afg‘on politsiya kuchlarini tayyorlovdan o‘tkazish dasturini xabar ostiga qo‘yadi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.