BBC navigation

Islom dunyosi va G‘arb munosabatlari: Qayerda xato ketdi?

Сўнгги янгиланиш 17 сентябр 2012 - 15:08 GMT

3 yildan ortiqroq vaqt muqaddam Qohirada ma‘ruza qilgan AQSh Prezidenti Barak Obama Qo‘shma Shtatlar va musulmon dunyosi o‘rtasidagi "shubha va ixtiloflar doirasi" tugatilishi kerak deb aytgandi.

"Yangi ibtido" deb nomlangan nutq Bush davridan qolgan adovatlarga barham berish tomon qo‘yilgan qadam sifatida ko‘rilgandi.

Ammo, Prezident endi: "Qaysi nuqta xato ketdi?" degan savolga javob topishi kerakdek.

"Musulmon dunyosining G‘arb bilan munosabatlari keskinlashib ketishiga sabab nima?" degan savolga bir tomonlama javob berish mushkul.

Javoblardan biri ehtimol o‘tgan yili Arab bahori deb atalgan qator inqiloblardir. Nima bo‘lganda ham, bu norozilik Misrda ibtido topdi. Bir zumda Yaqin Sharqning eng ko‘p sonli demokratiyasiga aylandi. Liviyaga ko‘chdi.

Arab bahori rostdan ham turfa Islomiy oqimlarni, ta‘bir joiz bo‘lsa, gullatib yubordi. Kuch tizimlarining qudratini pasaytirdi.
Bunaqa muhitda turfa loyihalarni amalga oshirish osonroq bo‘ladi. Ekstremistlar uchun ayni muddao bo‘lgan vaziyat o‘rtaga chiqadi. Kuch tizimlari esa vaziyatni nazorat qilishga shoshib qoladilar.

Ammo, shunda ham, bu masalan, Sudanda kechgan zo‘ravonlik va yo odatda tinch bo‘lgan Qatardagi voqealarni to‘la tushuntiradigan vaziyat emas.

Bunga qo‘shimcha, ayni ko‘rinishdagi zo‘ravonliklar Arab Inqilobidan avval ham bo‘lgan - masalan, 2006 yilda Daniya ro‘znomasida Muhammad S.A.V masxara qilingan rasmlar chiqishi bilan Yaqin Sharqda norozilik to‘lqini urchigandi.

Bundan tashqari, biz o‘tgan yillar davomida kuchli aksilAmerika kayfiyatlari o‘rtaga chiqayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Diniy aqidaparastlar Qo‘shma Shtatlarga qarshi kayfiyatlar o‘chog‘iga moy purkamoqda. "Musulmonlar gunohsizligi" deb atalmish ahmoqona film esa, bir turtki xolos.

2012 yilgi omma so‘rovlariga ko‘ra, musulmon mamlakatlarida so‘ralganlarning faqat o‘n besh foizigina Amerikani xush ko‘rar ekan. 2009 yilda bu ko‘rsatkich 25 foiz bo‘lgan.

AksilAmerika kayfiyatlari ostida turfa sabablar bor. Amerikaning Isroil-Falastin ziddiyatida tutgan o‘rni va yo Yaqin Sharqdagi urushlari, Vashington o‘ziga do‘st diktatorlarni qo‘llab-quvvatlanayoti kabi holatlar ana shular tarkibida.

Ammo, biz aksilAmerika kayfiyatlarini diniy aqidaparastlikdan ajratib ko‘rishimiz kerak.

Rost, Arablarda fikr va so‘z erkinligi tushunchasi G‘arbnikidan farq qiladi. Shunda ham, 84 foiz Misrliklar "Islomni tark etgan musulmonlar o‘lim jazosiga loyiq", deb ishonishar ekan. Shuningdek, Arab inqilobining eng faol qatlami sanalganlarning yoshi 35 dan kichik va aynan ular kuniga besh marta namoz o‘qish, masjidga borish va yo Qur‘on o‘qishga qattiq berilishmagan. Ularni ko‘chaga chiqishga ilhomlantirgan omil din emas, dunyo va yo siyosat bo‘lgan.

Ammo, aksilAmerika kayfiyatlarini universal deb aytish mushkul.

Misrdagi 35 foiz aholi Amerika va Misr aloqalari yaxshi bo‘lishini istaydi.

Tunisliklarning oltmish foizi Amerikaliklarning demokratiyasini ma‘qullaydi.

Ammo, nima bo‘lganda ham, Prezident Obama qiyin bir vaziyatda qolgan.

Misr Prezidenti Mursi kechayotgan norozilik amallarini qoralamadi.

Obama janoblarining o‘zi ham: "Misrni biz ittifoqchi sifatida ko‘rmaymiz, ammo bu mamlakat bizning dushmanimiz ham emas", deyishi bilan ikki mamlakat orasidagi siyosiy aloqalar bir qadar isloh bo‘layotgani ochiqlandi.

Nima bo‘lganda ham, Amerika Yaqin Sharqdan ko‘ra, o‘z nazarini Osiyoga qaratish bosimi ostida qoladi.

Ammo muammo shuki, Arab inqilobini boshidan kechirgan davlatlar bugun oyoqqa turishi uchun har qachongidan ham ko‘ra, Amerikaning yordamiga muhtoj.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.