BBC navigation

Aksilislom video atrofidagi mojaro yuzasidan BBC tahlilchisining Twittergdagi javoblari

Сўнгги янгиланиш 19 сентябр 2012 - 14:01 GMT

Liviya, Misr va Livandan turib axborot uzatayotgan BBCning Yaqin Sharq bo‘yicha muharriri Jeremi Bouen 17 sentyabr kuni Twitter orqali savollarga javob qaytardi.

Jeremi o‘zining Twitterdagi manzili orqali savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ingliz tilida javob qaytardi:

Andy Cloke: Sizningcha, nima uchun musulmonlar hajv yoki tanqidga bunchalik sezgirlar?

Jeremy: Chunki, musulmonlarning nazdlarida, ularni ko‘p asossiz tanqid qilishgan. Undan keyin oralarida G‘arb hukumatlarini turli darajada tahdid sifatida ko‘ruvchilari ham bor.

Nigel Tabb: Nima uchun Yaqin Sharqdagi musulmonlar Ovro‘podagisidan ko‘ra anchayin hassos?

Jeremy: Agar filmni nazarda tutib aytayotgan bo‘lsangiz, bu yerda gap kimning qanchalik hassosligida emas. Balki kimning qanchalik o‘z noroziligi ifodalashiga bog‘liq bo‘lsa kerak.

Ian McEwan: Islomiy dunyoning aksilislomiy filmga munosabati puxta o‘ylangan siyosat natijasimi yoki qahru g‘azab?

Jeremy: Menimcha, musulmonlarning rostdan ham filmdan ko‘ngillari og‘rigan. Shundan so‘ng, menimcha, namoyishlarning uyushtirilgani haqida so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. Deylik, "Hizbullah" guruhi Bayrutda uyushtirgan so‘nggi namoyish shundaylaridan biridir.

Mike Manzo: Namoyishlarga aksilislomiy film sabab bo‘lganmi yoki odamlarning ko‘chalarga chiqishlari uchun katalizator vazifasini o‘taganmi?

Jeremy: Misr poytaxti Qohirada tom ma‘nodagi namoyishlar kuzatilgan, ular esa, boshqa yerdagi chiqishlarga katalizator vazifasini o‘tagan.

Chas: O‘zim o‘qigan xabarlarga qaralsa, musulmonlarning aksariyati bu kabi namoyishlarga qarshi ekanlar. Nima uchun bu masalada mu‘tadil musulmonlarning ovozlari quloqqa chalinmayapti?

Jeremy: E‘tiqodli musulmonlarning aksariyati filmni o‘zlari uchun haqoratli deb topishgan. Musulmonlar ko‘pchiligining bu kabi zo‘ravon namoyishlarga qarshi ekanliklari ham bor gap. Men berayotgan xabarlarimizda ham bu narsa o‘z aksini topishiga umid qilib qolaman.

Pancha Chandra: So‘nggi namoyishlar Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonlariga salbiy ta‘sir qilishi mumkinmi?

Jeremy: Mintaqadagi yirik mojarolarga barham berishga qaratilgan jiddiy sa‘y-harakatlarning o‘zi bo‘lmagani uchun, menimcha, yo‘q.

https://twitter.com/BowenBBC

бу ерга босинг BBC tahlilchisi Twitterda savollarga javob qaytardi

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.